toggle_night_mode
Hujjat 19.08.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga asosan sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, ovqatlantirish autsorsing shartlari asosida tashkil etiladigan maktablarda:
autsorsing shartlari asosida ovqatlantirishni tashkil etish uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov “nol” stavka boʻyicha belgilanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda:
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda oʻquvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda, ularni ratsional kunlik ovqatlantirish meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati oʻrganib borilishini tashkil etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda maktablarda oʻquvchilarga berilayotgan taomlar sifati ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2021-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-aprel,
218-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
autsorsing — Agentlik tizimidagi maktablarning sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
buyurtmachi — Agentlik;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining oshxonalarida (keyingi oʻrinlarda — oshxona) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etiladi.
4. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsing usuliga oʻtkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
autsorserni qonun hujjatlari talablari asosida tanlab olish;
autsorserga oʻtkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini yuqori darajada saqlab qolish va talab qilish;
buyurtmachining autsorserga beriladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band boʻlgan xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;
taʼlim muassasasi xizmatlarni autsorserga oʻtkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy boʻlmagan turlarini rivojlantirish hamda autsorserga berilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirish.
5. Autsorser xodimlari buyurtmachining tegishli hududiga oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida belgilangan tartibda kiradi hamda maktab binosida harakatlanadi.
6. Oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish uchun tegishli maktab rahbari hamda autsorser tashkiloti masʼul hisoblanadi.
2-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
7. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
8. Oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ratsional kunlik ovqatlanish meʼyorlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan holda bir oylik taomnomalar rejasi asosida tashkil qilinadi.
9. Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligiga, oshxonalar xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishiga, tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda ishga qoʻyilishiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
3-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish
10. Oʻquvchilar yotoqxonasi mavjud maktablarda besh mahal, yotoqxonasi mavjud boʻlmaganlarida ikki mahal ovqatlantiriladi.
11. Yotoqxonada shanba, yakshanba va bayram kunlarida qolgan oʻquvchilarni ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq, davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan tanlab olinadi.
Komissiya tanlovda ishtirok etuvchi talabgorning mazkur sohada yetarli katta ish tajribasiga (mazkur sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga ega, umumiy ovqatlanish maydoni mavjud boʻlgan), tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga (texnika, ishchilar soni va ularning tarkibi) ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash maqsadida tanlov oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi maktablar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi hamda komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Toshkent shahridagi maktablar uchun Agentlik direktori oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Komissiya tarkibi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, hududlarda tegishlicha ularning hududiy boshqarmalarining 2 nafar xodimlari hamda Agentlik markaziy apparatining 1 nafar xodimidan tashkil topadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Komissiya autsorsing xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, oʻquvchilar oʻrtasida har oyda bir marta soʻrovnomalar oʻtkazadi.
Komissiya monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Maktablarda oʻquvchilarni autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan tanlov boʻyicha, mablagʻlarning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
16. Tanlov (tender) oʻtkazish boʻyicha eʼlonlar va qoʻyiladigan umumiy talablar Agentlikning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga va ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
17. Tanlovda (tenderda) gʻolib chiqqan autsorser bilan maktablarda autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tegishli shartnomalar Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan, Agentlikning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga maxsus boʻlimiga joylashtirilgan namunaviy shakl asosida belgilangan tartibda tuziladi.
18. Komissiya autsorser faoliyati yuzasidan alohida monitoring olib boradi. Shuningdek, faoliyati natijalariga koʻra, autsorserni “insofli ijrochi” yoki “insofsiz ijrochi” roʻyxatiga kiritish huquqiga ega.
19. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
yuridik shaxs boʻlishi;
umumiy ovqatlanish xizmatida kamida ikki yillik tajribaga ega boʻlishi;
autsorsing xizmatlari boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarining mavjudligi;
tanlovda (tenderda) qatnashish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar (muhandis-texnolog, diyetolog, gastroenterolog, allergolog, terapevt vrach, oshpazlar) malaka razryadlari koʻrsatishi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktab tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida maktabda sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini individual reja asosida ishlab chiqib, taqdimotini (imkoniyatdan kelib chiqib, tayyor taomlarini ham koʻrsatishi mumkin) oʻtkazishi;
taqdimotda oʻquvchilarning yoshi, jinsi, fiziologik holati boʻyicha turli guruhlar uchun ovqatlanishning maqbul meʼyorlarini koʻrsatishi.
4-bob. Autsorserning huquq va majburiyatlari
20. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va maktabga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanishini talab qilish;
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlovni nol stavka boʻyicha olish;
ijara shartnomasi doirasida bino va inshoatlarni ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan xizmatlar uchun ushbu Nizom qoidalariga muvofiq 30 foizgacha ustama haqini olish;
xizmatlar tannarxini oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
koʻrsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
autsorser boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Autsorser quyidagilarga majbur:
maktab oshxonalarida oʻz faoliyatini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirish;
oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish xizmatini maktab oshxonasining oʻzida toʻliq va sifatli tashkil etish;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish;
taomnomalar, tayyor taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarning mavjudligini taʼminlash;
bitta oʻquvchi uchun oylik sarflanadigan mablagʻ miqdorini koʻrsatish;
taom tayyorlash uchun sarflangan xarajatlarni (oshxona va oshxona jihozlarini taʼmirlash, xodimlar ish haqi, inventarlar, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantirish va yuvish vositalari, olinadigan sof foyda) qoplash uchun ustama miqdorlarini koʻrsatish (foizda);
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik va maktablar tomonidan autsorserga texnik vazifalardan, taʼlim muassasaning hududiy joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
5-bob. Autsorser faoliyatini tashkil etish
22. Komissiya qarori asosida maktab bilan autsorser oʻrtasidagi shartnoma bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.
23. Autsorsing xizmatlariga haq toʻlash miqdori autsorser barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan 30 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda, amaldagi tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqiladi.
24. Oʻquv yili davomida yangidan sinflar ochilganda (yoki yopilganda), oʻquvchilar soni oʻzgarganda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kiritilgan oʻzgartirish va yangiliklar asosida tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari keskin oʻzgarganda, autsorser va maktab tomonidan shartnoma boʻyicha umumiy boshlangʻich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Maktabda oʻquvchilarni ovqatlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki maktabning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganda budjet xarajatlari unga mutanosib tarzda qisqartiriladi hamda oʻquvchilar uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmagan holda tashkil etiladi.
26. Budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmagan xarajatlar hisobi alohida yuritiladi.
27. Autsorserga maktabning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha belgilanadi hamda ovqatlantirishni tashkil etish uchun isteʼmol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati maktabga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi.
28. Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga muvofiqligi maktab rahbari, hamshira, tarbiyachi hamda boshqa xodimlardan iborat (zarur hollarda, ota-onalar vakillari qoʻshilishi mumkin) komissiya tomonidan nazorat qilinadi va nazorat yakunlari maktabning tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha yuritiladigan va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq daftarda har kuni qayd qilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Daftarning birinchi sahifasida komissiyani tasdiqlash haqidagi buyruqdan koʻchirma boʻlishi, daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktab rahbari tomonidan sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
29. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va meʼyorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda kunlik taom tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin sinamalar olish maktab hamshirasi zimmasiga yuklanadi.
30. Oʻquvchilarni ovqatlantirish guruhlarda tashkil etilganda, tayyor taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda boʻlishini taʼminlashga maktab rahbari masʼul hisoblanadi.
31. Autsorser tomonidan sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Keyingi kunga taomnoma rejasini tuzish uchun maktab autsorserga bir kun oldin soat 16.00 gacha bir kun oldingi oʻquvchilar soniga nisbatan buyurtma taqdim qiladi.
Shuningdek, yotoqxonada shanba, yakshanba va bayram kunlarida qolgan oʻquvchilarning soni ham bir kun oldin taqdim qilinadi.
33. Taomnoma bir kun oldingi oʻquvchilar soniga mutanosib ravishda har bir oʻquvchi uchun bir kunlik oʻrtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq uch nusxada bir kun oldin soat 18.00 gacha tuziladi hamda maktab rahbari bilan kelishiladi. Taomnomaning birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi taʼlim muassasasiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi.
34. Maktab har oʻn kunlik taomnomalar blankalarini ip oʻtkazib bogʻlangan holda oldindan raqamlaydi, muhrlaydi va alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkazadi.
35. Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari koʻrsatiladi.
36. Maktab oʻquvchilarining xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari autsorser tomonidan yuritiladi.
37. Oshxona va oshxona jihozlarini taʼmirlash, xodimlar ish haqi, oshxona jihozlari, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan taʼminlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
38. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib, taqdim qilingan hisob-fakturalariga asosan amalga oshiriladi.
39. Autsorser har oʻn kunda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-faktura hujjatlarini maktab buxgalteriyasiga taqdim etadi.
6-bob. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
40. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
autsorsing usulida ovqatlantirishni amalga oshirish uchun qoʻyilgan talablar bajarilishini oʻrganish;
tayyor taomlar sifatining taomnomaga muvofiqligini tekshirish;
tayyor taomlarning miqdori, mazasi, tarkibidagi mahsulotlarning sifati boʻyicha kamchiliklarga yoʻl quymaslik;
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini nazorat qilish.
Buyurtmachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
41. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlarini belgilangan normalar asosida maktabga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplash;
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebellarni foydalanish uchun nol stavkada topshirish;
koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda toʻlovni amalga oshirish.
Buyurtmachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi.
43. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablar tomonidan autsorserni tanlash hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Buyurtmachi (Agentlik)

Autsorsingga berish koʻzda tutilgan xizmatlar turlarini tanlash

Zaruratga koʻra


2-bosqich

Buyurtmachi tomonidan tuzilgan xarid komissiyasi

1. Belgilangan tartibda tanlov (tender) yoki tender eʼlon qilish.

2. Tanlov (tender) yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va eng yaxshilarini tanlab olish.

3. Tanlov (tender) yoki tender gʻolibini aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatda


3-bosqich

maktablar

1. Tanlov (tender) yoki tender gʻolibi (autsorser) bilan shartnoma tuzish.

2. Autsorserga binolar (xonalar), uskunalar, jihozlar, mebellar va boshqa moddiy vositalarni dalolatnomaga asosan topshirish.

Tanlov (tender) yoki tender natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni davomida


4-bosqich

Buyurtmachi (maktablar)

Tegishli oy uchun shartnoma qiymatining 15 foizi miqdoridagi mablagʻni autsorserning hisobvaragʻiga oʻtkazib berish.

Tegishli oyning 3 ish kuni davomida


5-bosqich

Autsorser

1. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) hamda boshqa asoslovchi hujjatlarni taqdim etish.

Tegishli oyning har 10 ish kunida


6-bosqich

Buyurtmachi (maktablar)

1. Asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) taqqoslash.

2. Tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tasdiqlangan hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan qolgan 85 foiz summani toʻlash.

Tasdiqlangan kundan boshlab 5 ish kuni davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha maʼlumotlarni qayd etish
DAFTARI

Tayyor ovqatning nomlanishi

Baholanishi

Sinama olingan vaqt

Tibbiyot xodimining ruxsati

Imzo

taomnomaning bajarilishi

sifati

ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi

20____ yil _____ __________________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

Yengil ovqatlanish

20____ yil _____ __________________

Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

Kechki ovqat

Yengil ovqatlanish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

“TASDIQLAYMAN”

__________autsorser

_______________________________________________

(F.I.O.)

_______________________ M.Oʻ.

(imzo)

“KELISHILDI”

__________maktab direktori

______________________________________________

(F.I.O.)

_______________________ M.Oʻ.

(imzo)

TAOMNOMA

(20___ yil __________________

____________________ uchun)

(sana)

(oy)

___________-sinflar
Oʻquvchilar soni _________ nafar

Taom nomi

Bir nafar oʻquvchi uchun taom miqdori

Non

Choy

...

...

...

...

...

...

...

...

...

Tomat

Tuz

*Nonushta

Tushlik

Ikkinchi tushlik

*Kechki ovqat

*Yengil ovqatlanish

1 nafar oʻquvchi uchun

Jami mahsulot miqdori

Mahsulot narxi (soʻmda)

Sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda)

Jami sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda) ___________________

Bir nafar oʻquvchi uchun sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda) __________________

* yotoqxona mavjud taʼlim muassasalarida 5 mahal taomlanadigan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Autsorser xodimi (bosh oshpaz)

(imzo)

(F.I.O.)



Maktab tibbiyot xodimi

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
DAFTARI

T/r

Taʼminotchi yuridik shaxsning nomi

Yukxati raqami, mahsulot olib kelingan vaqt va sana

Sifati tez buziluvchi mahsulotlar nomi

Sifati tez buziluvchi mahsulotlar miqdori

Sifati haqida maʼlumot

Ishlatish muddatining oxirgi sanasi va vaqti

Imzo

1.

2.

3.

4.

5.

...

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/218/0340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)