1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish, ariza berish va uni koʻrib chiqishni, kompensatsiya pulini toʻlashni nazarda tutuvchi Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab beradi;
mazkur qarorga 2-ilovaning 1 — 5-bandlaridagi imtihon turlaridan mazkur qaror kuchga kirgandan soʻng yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — imtihon topshirish xarajatlari) 2021-yil 1-maydan boshlab, 6 — 18-bandlaridagi imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab (shu jumladan, ushbu sanaga qadar topshirilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan tartibda qoplab beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
a) 2021-yil 1-mayga qadar:
davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari agentligi) bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
b) 2021-yil 1-maydan boshlab Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini taʼminlasin;
v) bir oy muddatda xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlar va ularning Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirsin;
g) xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida tegishli imtihon topshirish xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;
d) 2021-yil 31-dekabrga qadar xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olganlik uchun imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha yoshlarning talabini oʻrganib chiqib, zaruratga koʻra, ushbu qarorni takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratsin hamda uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, Yoshlar ishlar agentligi ushbu axborot tizimining egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning murojaatiga asosan ularning xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon tashkil etishga masʼul xorijiy vakolatli tashkilotlar bilan mazkur qaror doirasida hamkorlik oʻrnatishlariga hamda ushbu tashkilotlar bilan axborot almashinuvlarini amalga oshirishga koʻmaklashsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-aprel,
209-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga 1-ILOVA
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning
1. Ushbu Reglament xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — imtihon topshirish paytida oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan, imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni soʻrab belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
imtihon topshirish xarajati — imtihonni tashkil etish vakolatiga ega xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi rasmiy toʻlov miqdori;
imtihon xarajatini qoplab beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
kompensatsiya — imtihon topshirish xarajatini qoplab beruvchi tomonidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan, masʼul vakolatli xorijiy tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi uchun belgilangan imtihon topshirish xarajati summasi (mazkur kompensatsiya masʼul vakolatli xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili tomonidan belgilanadigan imtihon topshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga olmaydi);
masʼul vakolatli tashkilot — imtihonni tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilot yoki uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili boʻlgan yuridik shaxs;
maxsus sertifikat — masʼul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maxsus sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish.
3. Imtihon boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan soʻrovnomani toʻldirib Yoshlar ishlari agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuboradi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi yoki maxsus sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi;
haqiqiyligi tasdiqlangan maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga oʻtkazadi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
v) Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda uning xohishiga koʻra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanishini amalga oshiradi.
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
4. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bunda ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
8. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
9. Davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
10. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
13. Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlab beriladi:
imtihonlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ball (daraja)ning minimal koʻrsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;
maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda;
maxsus sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.
14. YIDXPdagi elektron soʻrovnomada toʻldirilgan ariza beruvchining maʼlumotlari ushbu Reglamentning 13-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilarida belgilangan shartlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi avtomatik tarzda aniqlanadi.
16. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga masʼul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini soʻrab soʻrov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
17. Quyidagi holatlarda:
verifikatsiya yoki vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrov natijasiga koʻra maxsus sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrovga javob olinmaganda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash rad etiladi va kompensatsiya toʻlanmaydi.
18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan masʼul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
19. Muqaddam imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning aynan shu turi boʻyicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi.
Muqaddam imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi boʻyicha minimal koʻrsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya toʻlab beriladi.
20. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni soʻrab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.
Bunda kompensatsiya ushbu Reglament talablariga muvofiq oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga toʻlab beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning roʻyxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi.
22. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ariza beruvchi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi) istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish (mustaqil ravishda soʻrovnoma shaklini toʻldirish) uchun roʻyxatdan oʻtib murojaat qoldiradi.
Maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida
2-bosqich
1) Davlat xizmatlari markazi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2) YIDXP
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
1. Maʼlumotlar tushganidan soʻng 15 kunda.
2. Maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab vakolatli xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.
2. Maʼlumotlar tushganidan soʻng 30 kunda.
3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda (qancha muddatda tasdiqlanganidan qatʼi nazar), maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 15 kun mobaynida.
4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bu haqida idoralararo elektron tizimga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bir ish kuni mobaynida.
4-bosqich
Xalq banki filiali
Ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda ushbu kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradi.
Xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuborilgandan soʻng bankka murojaat qilinganda.
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Kompensatsiya olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
Kompensatsiya olish uchun Xalq banki filiali
-
-
-
-
I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) (mavjud boʻlsa):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Elektron pochta manzili:
-
1.6. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
II. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumotlar:
2.1.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.: