1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi va Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida
Qoraqalpoq xalqining atoqli shoiri va adibi Berdaq hamda ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning nomini abadiylashtirish, ularning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining:
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyini (keyingi oʻrinlarda – muzey) davlat muassasasi shaklida;
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyini (keyingi oʻrinlarda — uy-muzey) “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shahar, Ch. Abdirov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari mol-mulki va boshqa moddiy boyliklari bilan birgalikda bir oy muddatda muzeyga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlasin.
3. Samarqand viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Samarqand shahar, Mirsaid Baraka koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda — obyekt) “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilishini;
obyektga uy-muzey tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;
Samarqand shahar, Spitamen koʻchasi, 157a-uy manzilidagi binova inshootlar (sobiq bank binosi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda muzey nizomi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
muzey va uy-muzeyning shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda ular malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
muzey va uy-muzeyga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini;
muzey va uy-muzeyda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tegishlicha Berdaq va Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishini taʼminlasin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda muzey va uy-muzeyga sayyohlarni keng jalb etsin.
5. Quyidagilar muzeyni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti mablagʻlari;
oʻz faoliyatidan tushadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
a) muzey faoliyatini tashkil etish va saqlash xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
b) uy-muzey binosini taʼmirlash, jihozlash va hududini obodonlashtirish, muzey ekspozitsiyasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlar — Samarqand viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
uy-muzeyni saqlash xarajatlari — Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, muzeyning oʻz daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
v) muzey va uy-muzeyga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlarga ish haqi toʻlash — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzey va uy-muzey ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga muzey va uy-muzey faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-aprel,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarorida:
a) 2-ilova (2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan davlat muzeylari roʻyxati)ga:
1-pozitsiyadan soʻng quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya qoʻshilsin:
“
11.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
”;
b) 4-pozitsiyadan soʻng quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya qoʻshilsin:
“
41.
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida)
Samarqand shahri
”;
b) 4-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati)ning “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar” boʻlimiga:
a) 2-pozitsiyasidan soʻng quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya qoʻshilsin:
“
21.
Berdaq nomidagi Qorakalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
”;
b) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
10.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:
Samarqand shahri
Ishtixon tuman tarixi muzeyi
Ishtixon shahri
Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi
Kattaqoʻrgʻon shahri
Mirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasi
Samarqand shahri
Paxtachi tuman tarixi muzeyi
Paxtachi tumani
Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi
Samarqand shahri
Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Samarqand shahri
Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi
Samarqand shahri
Oʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi
Samarqand shahri
Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi
Qoʻshrabot tumani
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi
Samarqand shahri
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat markazlari toʻgʻrisida namunaviy nizomning 30-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30. Markazlar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida tashkil etiladi va tugatiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida, qoida tariqasida, teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat boʻlgan Badiiy kengash toʻgʻrisidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga kiritish”;
b) 29-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Badiiy kengash tashkil etiladi, uning nizomi va tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uch yilda bir marta yangilab turiladi.
Badiiy kengash Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi.
Badiiy kengashga direktor raislik qiladi. Badiiy kengash 9 — 17 nafar aʼzodan iborat boʻladi, uning aʼzolari teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat boʻladi”;
v) 30-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Badiiy kengash toʻgʻrisidagi nizom talablarini bajarmagan taqdirda”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)