Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Notariat masalalariga doir normativ bazani “Davlat notariati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent shahridagi notarial idoralar ishini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1962-yil 15-maydagi 347-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ilgari birinchi Toshkent shahar davlat notarial idorasiga biriktirilgan ayrim notarial harakatlarni Toshkent shahrining tuman davlat notarial idoralariga berish masalasini hal etsin.