Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son
qarori (roʻyxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2.
4-banddagi “oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan soʻzlar “ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Oliy taʼlim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan soʻzlar “Ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.