Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Koʻrilayotgan choralarga qaramay, ayrim xoʻjalik rahbarlarining beparvoligi, masʼuliyatsizligi oqibatida gʻalla hamda boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari nobud boʻlishi va payhon qilinishi xollari davom etmoqda. Bu ishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni toʻla undirib olish yuzasidan qatʼiy amaliy choralar koʻrilmayapti. Qishloq xoʻjalik ekinzorlarida mol va parranda boqish, avtotransport vositalari, shuningdek, mollarining ekinzorlar orqali oʻtishi hollariga qarshi kurash boʻshashib ketgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar hokimlari, oʻz-oʻzini boshqarish organlari va xoʻjalik rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur
Farmonini bajarishga doir ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Ulardan ekinlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan shoshilinch choralar koʻrish talab qilinsin. Ekinlar nobud qilinishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik rahbarlariga nisbatan ularni lavozimidan boʻshatish hamda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortishgacha qattiq choralar koʻrilsin.
2. Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) ekinlar payhon qilinishining oldini olish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin. Amaldagi qonunni buzishga doir har bir fakt yuzasidan aybdorlar qattiq javobgarlikka tortilsin. Ekinlar koʻproq payhon qilingan joylarda kuzatish postlarining ishi majburiy tartibda qaytadan tiklansin va profilaktika ishlarining samaradorligi oshirilsin.
3. Prokuratura (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (3 Almatov) hamma joyda “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi
Farmonning bajarilishini tekshirishni tashkil etsin. Qilingan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga muntazam axborot berib turilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.