Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
“Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Banklar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2005-yil 12-martdagi 3-A/1-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1470, 2005-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 121-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/6-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1470-1, 2015-yil 11-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 75-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 23-martdagi 10/3-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1470-2, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 10/18/1470-2/0993-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/22-son “Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1470-3, 2019-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 10/19/1470-3/2457-son).