Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 1-2-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
uchinchi xatboshi “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “pasportga” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “yashash guvohnomasiga” degan soʻzlardan keyin “(identifikatsiya ID-kartasiga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshidagi “va doimiy propiskasiz” degan soʻzlar “(identifikatsiya ID-kartasisiz) va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 12-bandning
birinchi xatboshisidagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan)” degan soʻzlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 24-bandning
oltinchi xatboshisidagi,
60 va 79-bandlarning
beshinchi xatboshilaridagi “doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti” degan soʻzlar “doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili, pasporti (identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
6. 29-bandning
uchinchi xatboshisi va
152-band “pasporti” degan soʻzdan keyin “(identifikatsiya ID-kartasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7.
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlaganida yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berganida, mazkur Yoʻriqnomaning 30 — 34-bandlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti qoidalari qoʻllaniladi.”.