toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2022
Hujjat 29.03.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3203-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 12-avgustdagi 18-mh-sonli ““Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3203-2, 12.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-dekabrdagi 538-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3203, 2019-yil 13-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 10/19/3203/4155-son) bilan tasdiqlangan Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
4-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 4-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Malaka komissiyasi:
a) malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi;
b) malaka imtihonini oʻtkazadi;
v) nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish yoxud attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.”.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Malaka imtihoni jarayoni audio va videoyozuvda yoziladi, shuningdek Agentlikning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translatsiya qilinadi.”.
3. 20-band “malaka komissiyasiga” degan soʻzlardan keyin “elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 22-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi;”.
5. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Patent vakili mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani malaka komissiyasiga elektron shaklda topshiradi.
Arizaga Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi, malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat nusxasi va attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat ilova qilinadi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak. Har bir fayl oʻlchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda joʻnatiladi.
Hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida nomzod yoki patent vakiliga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili orqali maʼlum qilinadi.”.
7. 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Nomzod yoki patent vakili Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi boʻlganda, shuningdek, mazkur Qoidalar 22-bandining “a” — “v” kichik bandlari va 23-bandida belgilangan hujjatlar mavjud boʻlmaganda malaka imtihoniga qoʻyish rad etiladi. Boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qoʻyish yoki malaka imtihoniga qoʻyishni rad etish haqida qaror malaka komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab, oʻn ish kuni mobaynida nomzod yoki patent vakiliga malaka imtihoniga qoʻyilgani yoki malaka imtihoniga qoʻyish rad etilgani haqida uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha bildirishnoma yoʻllanadi.”.
8. 26-bandda “attestatsiyadan oʻtkazishga ruxsat berilgani” degan soʻzlar “imtihonga qoʻyilgani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 27-band “muddat avval” degan soʻzlardan keyin “uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Nomzod yoki patent vakili malaka imtihoni davomida intellektual mulk obyektlariga huquqlarni himoya va muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan dasturga mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari sohasida zarur bilimlarga ega ekanini koʻrsatishi lozim.
Malaka imtihoni suhbat shaklida oʻtkaziladi.”.
11. Quyidagi mazmundagi 291 — 295-bandlar bilan toʻldirilsin:
“291. Malaka imtihoni savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi:
intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;
sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi;
sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.
Malaka komissiyasi tomonidan tasdiqlangan savollar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
292. Malaka imtihoni savollari mazkur Qoidalarning 291-bandida belgilangan yoʻnalishlardan shakllantiriladi. Bunda sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoʻnalishlaridagi savollar nomzod arizasida kelgusidagi faoliyati uchun koʻrsatilgan ixtisoslikka yoki patent vakilining ixtisosligiga mos boʻlishi lozim.
Agar ayrim ixtisosliklarga bevosita taalluqli Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari mavjud boʻlmasa, tegishli savollar Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga (1883 y.) mos boʻlishi kerak.
Ixtisoslik quyidagi intellektual mulk (sanoat mulki) obyektlari boʻyicha belgilanadi:
ixtiro va foydali modellar;
sanoat namunalari;
tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari;
seleksiya yutuqlari;
integral mikrosxemalar topologiyalari.
293. Nomzod yoki patent vakiliga savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Nomzod yoki patent vakiliga ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun har bir qoʻshimcha ixtisoslik uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
294. Malaka imtihonini oʻtkazish jarayonida nomzod yoki patent vakiliga quyidagilar taqiqlanadi:
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalarni olib kirish;
boshqa nomzod yoki patent vakillari bilan suhbatlashish;
imtihon tugamasdan xonadan tashqariga chiqish.
Nomzod yoki patent vakilining mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni imtihonda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Malaka imtihonida qatnashishdan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan oʻtmagan deb topiladi.
295. Tayyorgarlik koʻrish uchun berilgan vaqt tugagandan soʻng nomzod yoki patent vakili oʻziga berilgan savollar boʻyicha komissiya aʼzolariga javob beradi.
Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Nomzod yoki patent vakili savollarga javob berib boʻlganidan soʻng, unga xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.”.
12. 30 — 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Malaka komissiyasi suhbat natijasiga koʻra nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish yoki attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Nomzod yoki patent vakili ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha imtihon topshirgan taqdirda barcha ixtisosliklar boʻyicha umumiy suhbat natijasi aniqlanadi va yagona qaror qabul qilinadi.
Malaka imtihoniga qoʻyish rad etilgan taqdirda malaka komissiyasi tomonidan nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
31. Malaka komissiyasi qarori ikki nusxada tuziladi. Qarorning bir nusxasi malaka imtihoni oʻtkazish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar yozilgan saqlash qurilmalari bilan birga attestatsiyadan oʻtkazishga oid hujjatlar yigʻma jildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi esa, nomzod yoki patent vakiliga uning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha joʻnatiladi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
raqami va qabul qilingan sanasi;
ishtirok etgan komissiya aʼzolari roʻyxati;
attestatsiyadan oʻtkazilgan yoki attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan nomzod yoki patent vakilining roʻyxati;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish huquqining mavjudligi.
Qaror malaka imtihoni oʻtkazilgan kunning oʻzida imtihonda ishtirok etgan nomzod yoki patent vakillariga oʻqib eshittiriladi.
32. Nomzod yoki patent vakili attestatsiyadan oʻtkazishning, shu jumladan malaka imtihoniga qoʻyishning rad etilgani yuzasidan u attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisidagi qarorni olgan sanadan boshlab 3 oy muddatda apellatsiya komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin.
Apellatsiya komissiyasi shikoyat boʻyicha u olingan sanadan boshlab 1 oy muddatda qaror qabul qiladi va bunda:
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish;
malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish va yangi qaror qabul qilishga haqli.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Patent vakilini roʻyxatdan oʻtkazish va uni reyestrga kiritish quyidagi hujjatlar mazkur Qoidalarning 231-bandi talablariga muvofiq elektron shaklda taqdim etilganda amalga oshiriladi:”;
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
14. 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Koʻrsatilgan maʼlumotlar reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan kunda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.”.
15. 35-bandning “j” kichik bandidagi “telefon va faks raqamlari” degan soʻzlar “telefon raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “axborotnomasida” degan soʻz “axborotnomasi va veb-saytida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.”.
17. 40-band “axborotnomada” degan soʻzdan keyin “va veb-saytida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 6-bob quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
“411. Nomzod va patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish, patent vakillarini roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomalar berish, qoʻshimcha attestatsiya oʻtkazish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun toʻlovlar miqdori mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq belgilanadi.”.
19. 1 — 4-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1 — 4-ilovalarga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
20. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ilovaga muvofiq 5-ilova bilan toʻldirilsin.
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktoriga

‎ARIZA
‎nomzodni patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎ (nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi)
‎________________________________________________________________________________________________________________________________‎patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazishingizni soʻrayman.
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (nomzodning doimiy turar joyi, pochta indeksi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (qaysi oliy taʼlim muassasasini qachon tamomlagan)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (patent vakili sifatida kelgusi faoliyat ixtisosligi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (yozishma uchun manzil)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (telefon raqami, elektron pochta manzili)
‎___________________________________________________________________________________________
‎ (nomzodning fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari)
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati:
‎1. Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi ____v.
2. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi.
‎3. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.
‎4. Malakani tavsiflovchi boshqa hujjatlar ___v.

‎nomzod F.I.O. _______________________________________________________________________________

‎‎(imzo)_______________________”.
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktoriga

‎ARIZA
‎patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi)
‎_______________________________________________________________________________________________________________________________har besh yilda belgilangan attestatsiyadan oʻtkazishingizni soʻrayman.
‎___________________________________________________________________________________________
(patent vakilining doimiy turar joyi, pochta indeksi)
‎___________________________________________________________________________________________
(ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar)‎
‎‎___________________________________________________________________________________________
(yozishma uchun manzil)
‎___________________________________________________________________________________________
(telefon raqami, elektron pochta manzili)
‎___________________________________________________________________________________________
(patent vakilining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari)
‎___________________________________________________________________________________________
‎‎

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati:
‎1. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi nusxasi.
‎2. Malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat nusxasi ___v.
‎3. Attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.
‎patent vakili F.I.O.
‎‎__________________________________________________________________________
‎‎(imzo)_______________________”.
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktoriga

‎ARIZA
‎patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida

‎‎___________________________________________________________________________________________
(patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi)
‎____________________________________________________________________________________________________________________________________‎patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman.
‎___________________________________________________________________________________________
(patent vakilining doimiy turar joyi, pochta indeksi)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar)
‎___________________________________________________________________________________________
‎(yozishma uchun manzil)
‎___________________________________________________________________________________________
(telefon raqami, elektron pochta manzili)
‎___________________________________________________________________________________________
(patent vakilining fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari)
‎___________________________________________________________________________________________‎

‎Ilova: roʻyxatdan oʻtkazish, maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomani berish uchun toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat.
‎patent vakili F.I.O.
‎ __________________________________________________________________________________________

‎‎(imzo)_______________________”.
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
4-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri)

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ADLIYA VAZIRLIGI NUZURIDAGI
‎INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

‎GUVONNOMA

Ushbu bilan‎‎__________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________ning
‎malaka komissiyasining qaroriga asosan
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎ixtisosligi boʻyicha
‎PATENT VAKILI
‎sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligi tasdiqlanadi.
‎Patent vakillari davlat reyestriga 20_____ yil “_____” ___________________
_________________________ son bilan tegishli yozuv kiritilgan.

Agentlik direktori‎ ‎‎Muhr o'rni ____________________________________________ ”.
Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
“Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
5-ILOVA
Patent vakilligiga nomzod va patent vakillarini attestatsiyadan, patent vakillarini roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomalar berish, qoʻshimcha attestatsiya oʻtkazish, reyestrga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun toʻlovlar
MIKDORI

Toʻlov nomi

Toʻlov miqdori (bazaviy hisoblash
miqdorida belgilanadi)

1.

Patent vakilligiga nomzodlarni va patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish

4

2.

Patent vakillarini roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish, guvohnomalar berish

1

3.

Patent vakillarini qoʻshimcha attestatsiyadan oʻtkazish

4

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Patent vakillari davlat reyestriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish

1

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 10/21/3203-1/0253-son)