1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari haqida
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
dual taʼlimni tashkil etish va uning bosqichlarini;
dual taʼlimda oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini olib borish tartibini;
dual taʼlim ishtirokchilarining vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilash.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar:
har yili 1-martga qadar iqtisodiyot tarmoqlarida tegishli kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojni muntazam oʻrganib, dual taʼlim tizimini tashkil etish hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilasin;
har yili 1-aprelga qadar dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilotlar boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga takliflar kiritib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
har yili tasdiqlangan reja asosida oʻquvchilarni dual taʼlim dasturlari asosida oʻqishga jalb etish boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etsin;
dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilot va professional taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin hamda kelishilgan oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni grafigini tasdiqlasin;
oʻquvchilarni haftada kamida ikki kun professional taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etishlarini va qolgan ish kunlarida tegishli tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar bilan birga mehnat faoliyati olib borishlarini taʼminlasin;
professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim jarayonini tashkil etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
dual taʼlimni takomillashtirish va metodik taʼminotini mustahkamlash yuzasidan ilgʻor xalqaro tajribalarni tizimli oʻrganish ishlarini tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi har yili tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda dual taʼlim tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarini belgilasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning takliflari asosida dual taʼlim boʻyicha professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish parametrlari tasdiqlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-mart,
163-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 163-son qaroriga ILOVA
Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tashkilot — professional taʼlim muassasasi bilan dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
dual taʼlim dasturi — professional taʼlim muassasasi va tashkilotda taʼlim oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatini va mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi, oʻquv dastur (modul)lari, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat hujjatlar toʻplami;
ish joyi — dual taʼlimda taʼlim oluvchiga tashkilotning ichki tartib-qoidalari, tegishli vazifalari hamda taʼlim dasturlariga muvofiq amaliy koʻnikma va malakalarni egallash uchun belgilangan ish oʻrni;
oʻquv-amaliy qism — dual taʼlim dasturiga muvofiq professional taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlar va oʻquv amaliyoti;
ustoz — taʼlim jarayonining ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismini oʻtkazish uchun tashkilot tomonidan oʻquvchi(lar)ga biriktirilgan masʼul shaxs;
shartnoma — tashkilot va professional taʼlim muassasasi hamda tashkilot va oʻquvchi oʻrtasida dual taʼlimni amalga oshirish uchun tuzilgan hujjat.
3. Dual taʼlim tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalari tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) tomonidan belgilanadi.
4. Dual taʼlim boʻyicha oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shaklida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning dual taʼlimga oʻqishini koʻchirish taqiqlanadi.
Professional taʼlim muassasasi va tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinganda oʻquvchi(lar) oʻqishi mos taʼlim darajasidagi kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakliga oʻtkaziladi.
2-bob. Dual taʼlimni tashkil etish
6. Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Dual taʼlimni tashkil etish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralarning iqtisodiyot tarmoqlarida oʻrta boʻgʻin kadrlarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirish;
tashkilot va professional taʼlim muassasasi hamda tashkilot va oʻquvchi oʻrtasida shartnoma tuzish;
hududlarda kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish;
tegishli taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda yangilab borish;
mehnat bozorida oʻrta boʻgʻin kadrlarga boʻlgan talab va takliflarni doimiy oʻrganib borish;
dual taʼlim dasturlari asosida tayyorlanayotgan kadrlarni baholash.
8. Dual taʼlimni joriy etish boʻyicha tashkilot va professional taʼlim muassasasi oʻrtasida, oʻquvchi va tashkilot oʻrtasida rasmiylashtiriladigan shartnomalarning namunasi vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Tashkilotga bir yoki bir nechta professional taʼlim muassasasi bilan va professional taʼlim muassasasiga ham bir yoki bir nechta tashkilot bilan shartnomalar rasmiylashtirishiga ruxsat beriladi.
Tashkilotda oʻquvchilarning dual taʼlim dasturi boʻyicha nazarda tutilgan bilim, koʻnikma va malakani egallashlari uchun yetarli shart-sharoitlar mavjudligi professional taʼlim muassasasi tomonidan shartnoma rasmiylashtirishdan kamida bir hafta oldin oʻrganilib, tegishli xulosalar tayyorlanadi.
Professional taʼlim muassasasi tashkilotga taʼlim olmoqchi boʻlgan oʻquvchilarni tavsiya etishi mumkin.
Tashkilot bilan oʻquvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi oʻquvchi yoki tashkilot tomonidan taqdim etilgan taqdirda, professional taʼlim muassasasi oʻquvchini oʻquvchilar safiga qabul qiladi.
9. Professional taʼlim muassasalari tashkilotlar bilan har yili kamida ikki marta dual taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilarni oʻqishga jalb etish maqsadida kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etadilar.
10. Dual taʼlim dasturi vazirlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv-metodik hujjatlar asosida professional taʼlim muassasasi tomonidan tashkilot bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
11. Oʻqitish davomiyligi, nazariy va amaliy taʼlim muddatlari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi tashkilot va professional taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni grafigi asosida belgilanadi.
Oʻquv jarayoni grafigida oʻquvchilar bir haftada, qoida tariqasida, kamida ikki kun professional taʼlim muassasasida taʼlim dasturining nazariy, oʻquv va amaliy qismini, qolgan kunlari ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismlarini tashkilotda oʻtkazishlari nazarda tutiladi.
Oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq kasb yoki mutaxassislik boʻyicha oʻqitish muddati belgilanadi. Oʻqitishning davomiyligi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tegishli taʼlim dasturlaridan kam boʻlishiga (koʻp boʻlishi mumkin) yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Tashkilotning tegishli buyrugʻi asosida dual taʼlim boʻyicha oʻquvchi(lar)ga tashkilotning tajribali xodimlaridan ustoz biriktiriladi.
Ustozga tashkilot tomonidan belgilangan tartibda mehnatga haq toʻlash tartibi joriy etiladi.
Ustozning faoliyati tashkilot mutasaddilari tomonidan nazorat qilinadi.
13. Tashkilot tomonidan oʻquvchilarga biriktiriladigan har bir ustozga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar va ish oʻrinlari soni texnologik jarayonlarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda professional taʼlim muassasasi bilan kelishiladi.
14. Oʻquvchiga dual taʼlim jarayonida tashkilotdagi mehnat faoliyati uchun tashkilot tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi toʻlanadi.
Tashkilotning malakali mutaxassislari mashgʻulotlarni oʻtkazishga jalb etiladi.
16. Dual taʼlim jarayoni professional taʼlim muassasasi tomonidan tashkilot bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni grafigi asosida tashkil etiladi.
Oʻquvchilarning taʼlim jarayonining nazariy, oʻquv va amaliy qismidagi ishtiroki professional taʼlim muassasasida guruh jurnallarida, ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismidagi ishtiroki tashkilotdagi oʻquvchilar kundaligida qayd etib boriladi.
Tashkilot oʻquvchilarning ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismdagi ishtiroki yuzasidan qoʻshimcha qayd etish hujjatlarini yuritishi mumkin.
17. Professional taʼlim muassasasi va tashkilot oʻquvchilarning ishtiroki, oʻzlashtirishi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi kabi masalalarda maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyadi.
18. Oʻquvchilarni baholash va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Vazirlik dual taʼlimni tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, texnikumlar biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari bilan dual taʼlim tashkil etiladigan tashkilot va professional taʼlim muassasasida taʼlim jarayonini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
dual taʼlim jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
dual taʼlimni tashkil etish bilan bogʻliq oʻquv-metodik taʼminot va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash choralarini koʻradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalarining professional taʼlim muassasalarida dual taʼlimni tashkil etish boʻyicha hisobotlarini koʻrib chiqadi;
professional taʼlim muassasalarida dual taʼlimning tashkil etilishi yuzasidan monitoring olib boradi.
3-bob. Tashkilot, professional taʼlim muassasasi va oʻquvchilarning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari
20. Tashkilot:
professional taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda dual taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini belgilaydi;
professional taʼlim muassasasi bilan birgalikda oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual taʼlim boʻyicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
dual taʼlimda oʻqitish muddatlarini hamda tashkilotga yuborilayotgan oʻquvchilar tarkibini professional taʼlim muassasasi bilan kelishadi;
oʻquvchilar bilan shartnomalar tuzadi va professional taʼlim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda oʻquvchilarni qabul qiladi;
har bir oʻquvchiga dual taʼlim dasturining ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismini oʻrgatish uchun yuqori malakali mutaxassis ustozni biriktiradi;
biriktirilgan ustoz tomonidan dual taʼlim dasturi, lavozim yoʻriqnomalari va majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
oʻquvchini oʻzlashtirgan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha natijalarini baholash jarayonini tashkil etadi;
oʻquvchining kasb yoki mutaxassisliklari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashadi.
Tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
tashkilot bilan birgalikda oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual taʼlim boʻyicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
tashkilot bilan birgalikda kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlangan taʼlim dasturlari asosida dual taʼlim boʻyicha oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tashkilot bilan dual taʼlim muddati hamda oʻquvchilarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
oʻquvchi va tashkilot oʻrtasida dual taʼlim boʻyicha tuzilgan shartnomalarni roʻyxatga oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq shartnomasi mavjud oʻquvchilarni dual taʼlim boʻyicha guruhlarga qabul qilishni tashkil etadi;
dual taʼlimni tashkil etish, oʻquvchilarni tashkilotga yuborish, oʻquvchilarning har bir guruhiga ishlab chiqarish taʼlimi ustasi yoki oʻqituvchini buyruq asosida biriktiradi;
dual taʼlim dasturini amalga oshirishni taʼminlaydi;
tashkilot bilan oʻquvchilarni baholashni va yakuniy davlat attestatsiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;
tashkilot bilan kelishgan holda dual taʼlim yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi va tegishli vazirliklar va idoralar hamda Kasbiy taʼlimini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;
dual taʼlim boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralarning buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajaradi.
Professional taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
dual taʼlimning amaliy qismi oʻtilishi boʻyicha tashkilotga murojaat qilish;
dual taʼlim sifatini oshirish yuzasidan tashkilotga takliflar berish;
dual taʼlim jarayonini tashkil etish uchun tuzilgan shartnomalarga tomonlar bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik shaxslar bilan vakolati doirasida dual taʼlimni tashkil etish boʻyicha shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;
dual taʼlim boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni professional taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquv-texnik vositalar, mebellar bilan taʼminlashga, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, xodimlarni ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirishga sarflash huquqiga ega.
Professional taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Professional taʼlim muassasasi oʻziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari va xizmat koʻrsatish sohasida kadrlarga boʻlgan real ehtiyoj asosida dual taʼlimni tashkil etish boʻyicha tashviqot va targʻibot ishlarini olib borish;
oʻquvchi kundaligini nazorat qilish.
Professional taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bilim olish;
oʻquv, texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari axborot-kutubxonasi fondidan, axborot-kutubxona oʻquv zali va boshqa oʻquv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, professional taʼlim muassasasiga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan bepul foydalanish;
tashkilotda amaliyot bazalaridan, tashkilotning moddiy-texnik bazasidan foydalanish;
tashkilotdagi mehnat va jamoat ishlarida qatnashish;
dual taʼlim vaqtida tashkilotdan shartnomaga muvofiq ish haqi olish.
Oʻquvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
29. Dual taʼlimda kollej va texnikumlarning kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori bir oʻquvchini oʻqitish bilan bogʻliq sarf-xarajatlardan kam boʻlmagan miqdorlarda, tegishli vazirliklar va idoralarning takliflari asosida vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
30. Tashkilot:
ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oʻquvchilarni tashkilotga borish-kelish, ovqatlanish, maxsus kiyim-kechak (forma) hamda ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, yotoqxona (zarur hollarda) bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashi;
professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka oshirishlarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin.
31. Dual taʼlim bilan bogʻliq statistik maʼlumotlar idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, professional taʼlim muassasalari tomonidan tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2021-y., 09/21/163/0250-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.12.2023-y., 09/23/647/0926-son)