Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining mehnatiga xaq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2003-yil 19-avgustdagi SP-997 va 92-son “Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarni qoplash uchun yigʻimlar undirish va kelib tushgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1273, 2003-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.