Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona
kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 31-martda 02/8-18-son bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish
tartibi (roʻyxat raqami 925, 2000-yil 11-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 9-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 28-sentabrdagi 01-02/8-21-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 925-1, 2010-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 367-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 26-yanvardagi 01-02/8-03-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 925-2, 2014-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 71-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 10-fevraldagi 01-02/8-11-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 925-3, 2015-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 7-son, 82-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 31-martdagi 01-02/8-20-son “Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibining 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
qarori (roʻyxat raqami 925-4, 2016-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 150-modda).