Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasining samaradorligini oshirish hamda pudratchi tanlovida shaffof mexanizmdan foydalanish orqali uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini maqbullashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4731-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
2.
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4.
8-banddagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasi (Rossiya)” soʻzlari “pudratchilar” soʻzi bilan almashtirilsin.
5.
11-banddan “SFI Management Group” MCHJ XK va” soʻzlari chiqarib tashlansin.