Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Aholining yongʻinga qarshi ishonchli himoyasini, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mahsulotlari va xalq xoʻjaligi obyektlarining saqlanishini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyatining Qorovulbozor shahrida ishlab turgan 31 kishidan iborat professional oʻt oʻchiruvchi qism tugatilib, xodimlarining soni 65 kishidan iborat yirik va murakkab yongʻinlarni oʻchiruvchi tayanch punkti boʻlgan mustaqil harbiylashtirilgan oʻt oʻchiruvchi qism tashkil etilsin.
2. Qoʻshimcha kiritilgan xodimlarni joriy yilda mablagʻ bilan taʼminlash 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uchun nazarda tutilgan umumiy mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 1998-yildan boshlab, qoʻshimcha shtatlar ajratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mablagʻ bilan taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshimcha ajratilgan shtatlarni xodimlar bilan butlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.