1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
“ZAMIN” DAVLAT-AKSIONERLIK IPOTEKA BANKINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Investitsiya faoliyatini, yer bilan bogʻliq garov munosabatlarini yanada rivojlantirish, bank xizmatlarini kengaytirish va respublikaning yer fondidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzjamgʻarmabank”, “Paxtabank”, “Gʻallabank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Oʻzsavdogarbank”, “Mevasabzavotbank”ning ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi “Zamin” davlat-aksionerlik ipoteka bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
“Zamin” bankining taʼsischilari bir oy muddatda taʼsis badallarini bankning ustav fondiga oʻtkazsinlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 8-son, 98-modda)
2. Quyidagilar “Zamin” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
er uchastkalarini va boshqa koʻchmas mulkni garovga qoʻyish asosida moliya mablagʻlarini jamlash va investitsiyalash;
er egalariga kredit-hisob-kitob sohasida kompleks xizmat koʻrsatish;
ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va tarqatish;
ipoteka krediti berish sohasidagi jahon ilgʻor tajribasini joriy etish.
kichik korxonalarni kreditlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish.
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
dehqon xoʻjaligini yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun xarid qilingan, shu jumladan, kimoshdi savdosida xarid qilingan, shuningdek, qonunda yer maydonini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan hollarda fermer xoʻjaligi yer maydonini ijaraga olish huquqi meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Bank oldidagi majburiyatlarning muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlari, kimoshdi savdosida xarid qilingan meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda kimoshdi savdosiga qoʻyiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ipoteka kreditlarini berish hamda ularni uzish tartibini belgilovchi zarur normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Tijorat banklari uyushmasi bilan birgalikda “Zamin” bankini tashkil etish va uning faoliyati bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda amaliy yordam berish, “Paxtabank”, “Oʻzjamgʻarmabank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” bilan birgalikda “Zamin” bankini malakali kadrlar bilan taʼminlashda koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor organlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda yer uchastkalari egalarining roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
7. “Zamin” bankining qishloq xoʻjaligiga kredit berish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida belgilab qoʻyilsinki:
meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablagʻning 74,5 foizi;
yil yakunlari boʻyicha bank faoliyatidan olingan davlat ulushiga toʻgʻri keladigan dividendlar bank roʻyxatga olingan paytdan boshlab besh yil mobaynida uning ustav fondini toʻldirishga sarflanadi.
8. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” “Zamin” banki Boshqaruvi apparatini Toshkent shahar, P. Rjevskiy koʻchasi, 3-uyga joylashtirsinlar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda “Zamin” banki filiallari uchun tegishli xizmat xonalari ajratib bersinlar.
9. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Zamin” banki buyurtmanomalariga koʻra transport va aloqa vositalari ajratib berilishini taʼminlasinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.