1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qaroriga quyidagi mazmundagi 11-band qoʻshilsin:
“11. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha summasi bir milliard soʻmgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Mazkur tartib ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-mart,
139-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 09/21/139/0209-son)