1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KREDITLAR QAYTARILIShI VA DEHQONChILIK MAHSULOTLARINI YETIShTIRISh BOʻYIChA IShLARNI OʻTKAZISh UChUN AVANS TARIQASIDA BERILADIGAN MABLAGʻLAR QAYTARILIShI HAMDA FYuChERS KONTRAKTLAR BOʻYIChA QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISh BOʻYIChA SUGʻURTA TOʻLOVLARI MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Sugʻurta toʻgʻrisida” va “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 25-fevraldagi Farmoniga muvofiq, dehqonchilik sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini sugʻurta puli bilan himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sugʻurtalovchining sugʻurta javobgarligidan quyidagi miqdorlarda sugʻurta toʻlovlari belgilansin:
qishloq xoʻjaligi korxonalarining kreditlarni bankka qaytarish uchun javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha — 2,5 foiz;
dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlarning qaytarilishi va fyuchers kontraktlar yuzasidan majburiy sugʻurta boʻyicha — 1 foiz.