toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.11.2022
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-mart,
111-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martdagi 111-son qaroriga

ILOVA
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) ularning yoʻl harakat xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mosligi yuzasidan ichki ishlar organlari bilan kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Reglament quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
aholi yashash mavzelari, dahalari va yopiq obyektlarning ichki hududlaridagi obyektlar;
qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladigan dalalar, ekin maydonlarining ichki hududlaridagi obyektlar;
yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻlning qatnov qismida erkin harakatlanishiga xalaqit qilmaydigan qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari olib boriladigan har qanday obyektlar.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yoqilgʻi quyish shoxobchasi — avtomototransport vositalari va elektromobillarga yoqilgʻi (benzin, dizel, siqilgan, suyultirilgan gaz va boshqalar) quyish (toʻldirish, zaryadlash) xizmatlarini koʻrsatuvchi avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari, temir yoʻl kesishmalari va koʻchalar boʻyida joylashgan shoxobchalar;
yoʻl harakati qatnashchisi — yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yoʻl harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
servis obyektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, aholiga xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va texnik maqsadlaridagi, shuningdek, madaniy, maishiy, xoʻjalik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar savdosi hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlarni koʻrsatuvchi avtomobil yoʻllari, yoʻl inshootlari, temir yoʻl kesishmalari va koʻchalar boʻyida joylashgan obyektlar.
4. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
5. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
6. Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
7. Ariza beruvchilar loyihalarni kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchilar yoki ularning ishonchli vakili oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchilar nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
9. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchilar maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqa) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Soʻrovnomaga loyiha va unga oid barcha hujjatlarning elektron nusxasi ilova qilinadi. Soʻrovnoma bilan faqat bitta loyiha koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan (loyihalarga oid boʻlmagan) maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
28,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
12. Ariza beruvchilar tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
13. Ariza beruvchilar loyihalarni kelishish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Bunda Davlat xizmatlari markazlari 14-bandda koʻrsatilgan muddatlarda ariza beruvchilarning takroriy murojaatini vakolatli organga yuboradi.
14. Ariza beruvchilar yoki ularning ishonchli vakili oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, ularning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchilar tomonidan tasdiqlangandan soʻng masʼul xodim barcha hujjatlarni soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat etilganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
15. Soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalari besh ish kuni mobaynida vakolatli organ tomonidan oʻrganib chiqilib, belgilangan tartibda kelishiladi va ijobiy xulosa rasmiylashtiriladi.
Vakolatli organ loyihalarni kelishishni yoʻl harakati xavfsizligi, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va standartlar talablari buzilishiga koʻra rad etgan taqdirda, ushbu boʻyicha salbiy xulosani rasmiylashtiradi.
Vakolatli organ ijobiy yoki salbiy xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda rasmiylashtiradi hamda uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchilarga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
16. Loyihalarni kelishishni rad etish toʻgʻrisidagi salbiy xulosada ularning tegishli qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarning aynan qaysi talablariga mos kelmasligi aniq koʻrsatilishi, zaruratga koʻra, ularga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida talablar koʻrsatilishi shart.
Agar salbiy xulosada loyihalarga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida talablar nazarda tutilgan boʻlsa, vakolatli organ kamchiliklar aniqlangandan keyin bir ish kuni ichida salbiy xulosani Davlat xizmatlari markazlari orqali tizimdan foydalangan holda, elektron shaklda ariza beruvchilarga loyihalarni qayta ishlash uchun yuboradi.
Ariza beruvchilar oʻn ish kuni mobaynida loyihalarga tegishli tuzatishlar kiritadi va ularni Davlat xizmatlari markazi orqali vakolatli organga takroran yuboradi.
Takroriy soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalari uch ish kuni mobaynida vakolatli organ tomonidan oʻrganib chiqilib, belgilangan tartibda loyihalar boʻyicha ijobiy yoki salbiy xulosa rasmiylashtiriladi va ushbu Reglamentning 15-bandida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlariga yuboriladi.
Bunda vakolatli organ dastlabki salbiy xulosada koʻrsatilmagan yangi sabablar bilan loyihalarni kelishishni rad etishga haqli emas.
17. Loyihalarni qonunchilik talablari va standartlarga mos ekanligini tegishli obyekt hududiga bevosita chiqib, tekshiruvlar oʻtkazish orqali oʻrganish zarurati tugʻilganda, vakolatli organ ariza beruvchilar yoki ularning ishonchli vakilini hamda boshqa tegishli tashkilotlarni bevosita oʻrganish jarayoniga jalb etishi mumkin.
18. Loyihalarni kelishish vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Kelishilgan loyihalar bir kun muddatda ariza beruvchilarga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markazlari yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Kelishish rad etilgan taqdirda, vakolatli organ loyihalar boʻyicha tuzilgan xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) hamda ERIsi bilan tasdiqlagan holda, Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchilarga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Vakolatli organ belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishish yuzasidan ijobiy yoki salbiy xulosani taqdim qilmagan taqdirda, loyiha Davlat xizmatlari markazlari (YIDXP) tomonidan avtomatik ravishda kelishilgan deb hisoblanadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari kelishilgan loyihalarni yoki kelishish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosani kelib tushgandan keyin bir soat mobaynida ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va bu haqda ularni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, ularga kelishilgan loyihalarni yoki kelishish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosani elektron shaklda taqdim qiladi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchilarning soʻroviga koʻra, ularga kelishilgan loyihalarning yoki kelishish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xulosaning qogʻoz shaklini oʻzining muhri bilan tasdiqlab, masʼul xodim tomonidan imzolangan koʻrinishda taqdim etishi shart.
20. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

1. Oʻz xohishiga koʻra

2. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlaydi.

2. Murojaat etganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazlari

Soʻrovnomani Ichki ishlar vazi�ligi YHXBBning hududiy boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) joʻnatadi.

1. Bir soat mobaynida

2. YIDXP

2. Avtomatik ravishda

3-bosqich

1. Loyihalarning yoʻl harakat xavfsizligi va texnik jihatdan tartibga solish sohasida amaldagi normativ hujjatlar talablariga mosligini oʻrganib chiqadi.

Vakolatli organ

2. Natijasi boʻyicha:

a) agar hujjatlar toʻliq va talabga javob beradigan boʻlsa kelishilgan va ERI bilan tasdiqlangan loyihalarni Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga yuboradi;

Besh ish kuni mobaynida

b) agar kamchiliklar aniqlansa, salbiy xulosani Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchilarga loyihalarni qayta ishlash uchun yuboradi;

Bir ish kuni mobaynida

Ariza beruvchi

v) loyihalarga tegishli tuzatishlar kiritadi va ularni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali vakolatli organga takroran yuboradi.

Oʻn ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

Vakolatli organlar bilan kelishilgan loyihalarni ariza beruvchilarning elektron manziliga joʻnatadi va bu haqda ularni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Bir soat mobaynida

Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________

(sana)

__________________

(raqam)

Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi (tadbirkorlik subyekti) toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tadbirkorlik subyektining toʻliq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. Asosiy faoliyat turi:

4. STIR:

5. MFO

6. Hisobraqami:

7. Xizmat koʻrsatayotgan bank nomi:

8. Yuridik manzili:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili:

II. Loyiha toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Loyihaning nomlanishi:

2. Loyihaning qisqacha mazmuni:

3. Loyihada koʻrsatilgan obyektning joylashgan joyi* (geolokatsiyasi (xaritadagi kenglik va uzunlik koʻrsatkichlari))

III. Soʻrovnomaga ilova:

Loyihaning elektron shakli:

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2021-y., 09/21/111/0170-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)