1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
1. Quyidagilar:
a) “International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda — Investor) “Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasida “ACWA Power Bash Wind” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda investitsiya bitimi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya bitimi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — SHES) loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholash boʻyicha 650 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
v) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 24-yanvarda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 18 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
investitsiya loyihasi doirasida SHESni yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlari Investor va Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi va ushbu ishlar uchun sarflangan xarajatlar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik toʻlovlar asosida qoplanishi;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olganligi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Belgilansinki, Investitsiya bitimi unda koʻrsatilgan shartlar asosida kuchga kiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
4. Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibga muvofiq xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalarini jalb qilishga;
xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalari bilan investitsiya loyihasi doirasida belgilangan tartibda majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazmagan holda, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankining chet el valyutasida tasdiqlangan, tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.03 Loyiha va qidiruvga oid ishlarni bajarishga oid, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarni bajarishga oid pudrat;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
7. Investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
kreditlash, chet el valyutasidagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
chet eldagi bank hisobvaraqlaridan chet el valyutasida kredit olish;
investitsiya loyihasi doirasida bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomada (EPC shartnomasi) belgilangan kafolat muddati tugagunga qadar Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz bitimlari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha chet el valyutasida pul mablagʻlarini qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilarga, yetkazib beruvchilarga yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri chet eldagi bank hisobvaraqlaridan amalga oshirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
8. Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimdagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan SHES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
SHES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Buxoro viloyati hokimligining investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Shofirkon, Peshku, Romitan, Jondor va Qorakoʻl tumanlaridagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 172,55 gektar, shundan 0,18 gektar sugʻoriladigan yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Buxoro viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan yer toifasi oʻzgartirilayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalarining oʻn barobariga teng miqdorda yangi sugʻoriladigan yer uchastkalari hamda yer toifasi oʻzgartirilayotgan yaylov yerlarning maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlarning oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya bitimi yuzasidan yuridik xulosa bersin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya bitimi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
11. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PQ-5003-son qaroriga ILOVA
“Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
ROʻYXATI
Hudud nomi
Kontur raqami
Jami yer uchastkasi
(gektar)
Shundan:
Tuproq ball boniteti
sugʻoriladigan ekin yerlar
Yaylov yerlar
Shamol elektr stansiyasi uchun
Gʻijduvon tumani
Koʻkcha massivi
193q
9,97
9,97
baholanmagan
194q
4,97
4,97
baholanmagan
178q
28,23
28,23
baholanmagan
183q
1,65
1,65
baholanmagan
171q
1,65
1,65
baholanmagan
176q
6,66
6,66
baholanmagan
163q
1,65
1,65
baholanmagan
256q
4,97
4,97
baholanmagan
257q
1,66
1,66
baholanmagan
254q
1,66
1,66
baholanmagan
244q
1,66
1,66
baholanmagan
Gʻijduvon tumani
Koʻkcha massivi
258q
1,66
1,66
baholanmagan
260q
1,66
1,66
baholanmagan
261q
1,66
1,66
baholanmagan
243q
1,65
1,65
baholanmagan
242q
3,35
3,35
baholanmagan
263q
1,65
1,65
baholanmagan
264q
1,65
1,65
baholanmagan
170q
36,54
36,54
baholanmagan
276q
3,32
3,32
baholanmagan
238q
3,32
3,32
baholanmagan
239q
3,32
3,32
baholanmagan
275q
1,66
1,66
baholanmagan
262q
4,97
4,97
baholanmagan
Jami
131,14
131,14
Havo elektr uzatish tarmoqlari tayanch qurilmalar qurish uchun
Gʻijduvon tumani
Koʻkcha massivi
178q
0,67
0,67
baholanmagan
240q
0,38
0,38
baholanmagan
239q
0,45
0,45
baholanmagan
237q
0,43
0,43
baholanmagan
Gʻijduvon tumani
Koʻkcha massivi
176q
0,30
0,3
baholanmagan
271q
0,22
0,22
baholanmagan
265q
0,17
0,17
baholanmagan
266q
0,39
0,39
baholanmagan
273q
0,42
0,42
baholanmagan
274q
0,45
0,45
baholanmagan
275q
0,24
0,24
baholanmagan
276q
0,29
0,29
baholanmagan
277q
0,39
0,39
baholanmagan
Jami
4,80
4,80
Shofirkon tumani
Gʻalaba massivi
10980q
0,3
0,3
baholanmagan
10984q
0,38
0,38
baholanmagan
10988q
0,35
0,35
baholanmagan
10990q
0,48
0,48
baholanmagan
10991q
0,2
0,2
baholanmagan
10992q
0,11
0,11
baholanmagan
12436q
0,18
0,18
baholanmagan
12490q
0,04
0,04
baholanmagan
12491q
0,09
0,09
baholanmagan
12492q
0,24
0,24
baholanmagan
Shofirkon tumani
Gʻalaba massivi
12501q
0,59
0,59
baholanmagan
12503q
0,54
0,54
baholanmagan
12504q
0,34
0,34
baholanmagan
12505q
0,2
0,2
baholanmagan
12506q
0,34
0,34
baholanmagan
Hudud boʻyicha jami
4,38
4,38
Peshku tumani
Jongeldi massivi
107q
1,1
1,1
baholanmagan
109q
0,47
0,47
baholanmagan
110q
1,32
1,32
baholanmagan
Hudud boʻyicha jami
2,89
2,89
Romitan tumani
E. Xoʻjayev va Yangiobod massivlari
9q
0,23
0,23
baholanmagan
10q
0,2
0,2
baholanmagan
11q
0,59
0,59
baholanmagan
14q
0,51
0,51
baholanmagan
17q
0,2
0,2
baholanmagan
19q
0,13
0,13
baholanmagan
26q
0,25
0,25
baholanmagan
30q
0,1
0,1
baholanmagan
31q
0,04
0,04
baholanmagan
32q
0,1
0,1
baholanmagan
33q
0,22
0,22
baholanmagan
Hudud boʻyicha jami
2,57
2,57
Jondor tumani
A. Temur massivi
19071q
0,61
0,61
baholanmagan
19072q
0,25
0,25
baholanmagan
19077q
1,6
1,6
baholanmagan
19080q
0,67
0,67
baholanmagan
19087q
0,35
0,35
baholanmagan
19100q
0,25
0,25
baholanmagan
19101q
0,87
0,87
baholanmagan
19109q
0,44
0,44
baholanmagan
19136q
0,35
0,35
baholanmagan
19137q
0,91
0,91
baholanmagan
19138q
0,43
0,43
baholanmagan
Hudud boʻyicha jami
6,73
6,73
Qorakoʻl tumani
Qorakoʻl massivi
2094q
0,07
0,07
baholanmagan
2092q
0,15
0,15
baholanmagan
2093q
0,06
0,06
baholanmagan
2135q
0,28
0,28
baholanmagan
2136q
0,09
0,09
baholanmagan
2137q
0,01
0,01
baholanmagan
2141q
0,03
0,03
49 bal
2160q
0,02
0,02
40 ball
Qorakoʻl tumani
Qorakoʻl massivi
2167q
0,14
0,14
baholanmagan
2173q
0,27
0,27
baholanmagan
2207q
0,02
0,02
49 bal
2209q
0,02
0,02
55 bal
2316q
0,03
0,03
55 bal
2368q
0,03
0,03
55 bal
2370q
0,03
0,03
44 ball
Hudud boʻyicha jami
1,25
0,18
1,07
Jami
22,62
0,18
22,44
Podstansiyaqurilishi uchun
Gʻijduvon tumani
Koʻkcha massivi
172q
1,81
1,81
baholanmagan
178q
16,98
16,98
baholanmagan
Hudud boʻyicha jami
18,79
18,79
Loyiha boʻyicha jami
172,55
0,18
172,37
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 07/21/5003/0145-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)