1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Diplomatik korpus, xalqaro, respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibini, shu jumladan, tashrifni tashkil etishga ruxsat berish tartib-taomillari hamda rad etish asoslarini nazarda tutuvchi Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-fevral,
85-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 85-son qaroriga ILOVA
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — JIEM) tashrifini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalar, Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasi (1963-yil 24-aprel, Vena), Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, ushbu Nizom, shuningdek, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar JIEMga diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini tashrifi uchun asos boʻladi.
3. JIEMga tashrifni tashkil etish diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizom bilan belgilangan instansiyalarga yuborilgan murojaati asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish tartibi
4. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.
5. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEBBga yuboriladigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashiladigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda quyidagilarni ilova qiladilar:
JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun);
ommaviy axborot vositalari vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
6. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
7. JIEMga kirishga ruxsat olish toʻgʻrisidagi murojaat u tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida JIEBB tomonidan koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
8. Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi.
9. JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaat quyidagi asoslarga koʻra JIEBB tomonidan rad etilishi mumkin:
qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo boʻlganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida;
oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon maʼlumot taqdim qilinganda;
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida.
Murojaat qiluvchi JIEBBning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
10. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIEBB va JIEM masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
11. JIEM maʼmuriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli koʻrsatma olganidan soʻng uning belgilangan muddatda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIEBB masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
12. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi.
Istisno tariqasida tashrif (uchrashuv)lar diniy rasm-rusumlarni amalga oshirish zarurati tugʻilganda dam olish kunlari (soat 09:00 dan soat 15:00 gacha) ham tashkil etilishi mumkin.
13. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM maʼmuriyati JIEBBni, JIEBB esa, oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi.
14. Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi, mahkumlar xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga olish esa — JIEM ruxsati asosida amalga oshiriladi.
15. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksiga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
16. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEBBga xabar beradi.
3-bob. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifini tashkil etish tartibi
17. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa — Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
18. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun JIEBBga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif oʻtkazilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
20. Xorijiy davlatlarning konsullik muassasalari mansabdor shaxslarining oʻz davlatlarining fuqarolari boʻlgan mahkumlar bilan uchrashuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatnomasi soʻzsiz ijobiy hal etiladi.
21. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud idoralari ixtiyorida boʻlgan hollarda JIEBB tomonidan murojaat qiluvchining soʻrov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga maʼlum qilinadi.
22. JIEBB murojaat haqidagi soʻrov xatini olgan kundan eʼtiboran besh kun mobaynida murojaatni koʻrib chiqadi. Zarur hollarda tekshiruv tadbirlari amalga oshiriladi va tashrifning maqsadga muvofiqligi oʻrganiladi.
Murojaatlar JIEBB tomonidan tegishligi boʻyicha boshqa manfaatdor tashkilotlarga ham yuboriladi hamda ularning fikr va mulohazalari murojaatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qilishda inobatga olinadi.
23. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida JIEBB tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Adliya vazirligiga tegishli maʼlumotni yuboradi.
JIEBB ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, tashrif haqidagi murojaatni rad etib, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yozma (elektron) xabarnoma joʻnatadi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEBBning tegishli javobini olganidan soʻng besh kun muddatda murojaat muallifiga bu haqida maʼlum qiladi.
25. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan soʻng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi va vaqtini JIEBB bilan kelishadi.
26. JIEM maʼmuriyati rejalashtirilayotgan tashrif toʻgʻrisida tegishli xabar olganidan soʻng uning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIEBB masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
27. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
28. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM maʼmuriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEBBga zudlik bilan axborot beriladi. JIEBB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi bundan xabardor qilinadi.
29. Tashrif mobaynida diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillarining jazoni oʻtayotgan mahkumlar bilan uchrashuvi JIEMning ichki tartib-qoidalari talablariga binoan amalga oshiriladi.
Suhbat chogʻida qamoq va JIEMda qonunchilikka rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror, shuningdek, mahkum va qamoqqa olinganlarga nisbatan sud-tergov jarayonini olib borayotgan idoralarning vakillari qatnashishi mumkin, Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasida (1963-yil 24-aprel, Vena) belgilangan holatlar bundan mustasno.
Mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirish, ulardan intervyu olish ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.
Mahkumlarning xavfsizligi va qoʻriqlanishini taʼminlovchi obyektlarni tasvirga tushirish JIEBB yoki JIEMning oldindan (tashrifdan oldin) olingan ruxsati asosida amalga oshirilishi mumkin.
30. Qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksi talablariga asosan beriladigan uchrashuvlar hisobiga kiritilmaydi.
31. Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEBBga xabar beradi.
32. JIEMga tashrif natijalari boʻyicha tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan hamkorlikda matbuot konferensiyalari, brifinglar va boshqa axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
33. Diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining ushbu Nizomda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha murojaatlari tushgan hollarda JIEBB tomonidan yozma (elektron) murojaatlarni (murojaat qiluvchining akkreditatsiyasi yoki roʻyxatga olinganligiga qarab) bir ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligiga yuboriladi.
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nodavlat va notijorat tashkilotlar, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrifga ruxsat olish uchun Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — JIEBB) yozma yoki elektron shaklda murojaat yuboradi.
2. Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari JIEMga tashrif uchun JIEBBga yuboradigan murojaat xatida JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) hamda uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda, quyidagilarni ilova qiladi:
JIEMga kiruvchi shaxs (shaxslar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport, ID-kartasi yoki boshqa hujjatlar) nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlarida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (nodavlat notijorat tashkilotlar uchun);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi guvohnoma nusxasi (ommaviy axborot vositalari vakillari uchun);
JIEMga kirishga ru�sat olish toʻgʻrisida murojaat tushgan kundan boshlab u JIEBB tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi hamda natijasi boʻyicha murojaat qiluvchiga yozma (elektron) xabar yuboriladi.
15 kun mobaynida
3-bosqich
IIV JIEBB
Murojaat ijobiy hal etilgan taqdirda, JIEMga kirish vaqti va soati murojaat qiluvchi bilan oldindan kelishiladi.
Belgilangan muddatda
4-bosqich
IIV JIEBB
JIEMga kirish uchun ruxsat olish haqidagi murojaa� quyidagi asoslarga koʻra JIEBB tomonidan rad etilishi mumkin:
qonuniylik va huquq-tartibotni, shuningdek, tezkor vaziyat keskinlashganda (mahkumlar va boshqa shaxslarning hayotiga jiddiy xavf paydo boʻlganda) mahkumlar, xodimlar, harbiy xizmatchilar va muassasa hududidagi boshqa shaxslarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida;
oldingi tashriflar mobaynida tartibbuzarlik holatlari sodir etilganligi aniqlanganda;
tashrif buyuruvchilar tomonidan yolgʻon maʼlumot taqdim qilinganda;
favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar va texnogen tusdagi vaziyatlar) hamda karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi davrida.
Tashrif davomida
5-bosqich
Tashrif buyuruvchi
Murojaat qiluvchi JIEBBning JIEMga kirish uchun ruxsatni rad etish toʻgʻrisidagi javobidan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Norozi boʻlgan vaqtda
6-bosqich
IIV JIEBB
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga kirishini tashkil etish JIEBB va JIEM masʼul xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tashrif davomida
7-bosqich
IIV JIEBB
JIEM maʼmuriyati rejalashtirilgan tashrif haqida tegishli koʻrsatma olganidan soʻng uning belgilangan muddatda oʻtkazilishini tashkil etadi.
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga rejalashtirilgan tashrifida (uchrashuvida) JIEBB masʼul xodimlari ham ishtirok etishi mumkin.
Tashrif davomida
8-bosqich
IIV JIEBB
Respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha amalga oshiriladi.
Tashrif davomida
9-bosqich
IIV JIEBB
1. Respublika va mahalliy �odavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
2. Tashrif buyuruvchilar JIEMning ichki tartib-qoidalarini buzgan hollarda uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi. Bunday hollarda JIEM maʼmuriyati JIEBBni, JIEBB esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini rasmiy ravishda xabardor qiladi.
Tashrif davomida
10-bosqich
IIV JIEBB
Jazoni oʻtayotgan mahkumlar tomonidan respublika va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv yozma ravishda rad qilingan hollarda JIEM maʼmuriyati bu haqida JIEBBga xabar beradi.
Diplomatik korpus, xalqaro hamda mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat va notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. JIEMga tashrif buyurish uchun diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va xorijiy ommaviy axborot vositalar vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi�a roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar esa tegishligicha Adliya vazirligiga tegishli murojaatnomani yuborishlari lozim.
2. Murojaatda JIEMga kirish vaqti va maqsadi, uchrashuvda qatnashuvchi shaxs (shaxslar) va uchrashadigan mahkum (mahkumlar)ning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Zarurat tugʻilganda
2-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEMga tashrif haqidagi murojaatni olgach, uni besh ish kunida koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun JIEBBga yuboradi va unda tegishli akkreditatsiya borligini, zarur hollarda esa — tashrif amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.
5 kun muddatda
3-bosqich
IIV JIEBB
1. JIEBB tomonidan murojaat haqidagi soʻrov xati olingandan soʻng besh kun ichida uni koʻrib chiqadi, zarur hollarda tekshiruv tadbirlarini amalga oshiradi va tashrifning maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
5 kun muddatda
2. Qamoqqa olingan shaxs tergov, prokuratura yoki sud organlari ixtiyorida boʻlgan hollarda JIEBB tomonidan murojaat muallifining soʻrov xati tegishlicha tergov, prokuratura yoxud sud idoralariga uch kun muddat ichida yuboriladi hamda bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligiga maʼlum qilinadi.
3 kun muddatda
4-bosqich
IIV JIEBB
Murojaatni koʻrib chiqish natijalari haqida JIEBB tashrif buyuruvchini xabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli maʼ�umot yuboradi.
5 kun muddatda
5-bosqich
Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi JIEBBning tegishli javobini olganidan soʻng murojaat muallifiga natija haqida maʼlum qiladi.
5 kun muddatda
6-bosqich
Tashrif buyuruvchi
1. Murojaat qiluvchi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligidan javob xatini olganidan soʻng masala ijobiy hal etilgan taqdirda, muassasaga tashrif sanasi
va vaqtini JIEBB bilan kelishadi.
2. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining JIEMga tashrifi belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda haftaning ish kunlarida (dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan soat 19:00 gacha) amalga oshiriladi.
Belgilangan muddatda
7-bosqich
IIV JIEBB
1. Diplomatik korpus, xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mahkumlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan uchrashuv (tashrif)lar JIEMning masʼul xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.
2. Tashrif buyuruvchilar JIEMga kirish qoidalarini, shu jumladan, ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, JIEM maʼmuriyati tomonidan uchrashuv muddatidan oldin toʻxtatiladi va tashrif buyuruvchilar muassasa hududidan chiqarib yuboriladi va bu haqida JIEBBga, zudlik bilan axborot beriladi. JIEBB Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligini bundan xabardor qilinadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2021-y., 09/21/85/0130-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)