Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Narxlarning liberallashuvi va bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari tuman, viloyat uyushmalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, shuningdek, shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarorining 13-bandiga qisman oʻzgartirish kiritgan holda smeta qiymati 500 ming soʻmgacha boʻlgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa obyektlarni loyihalash va qurishning texnikaviy hujjatlarini tuman uyushmasi, smeta qiymati 1 mln soʻmgacha boʻlganini — viloyat uyushmasi va 1 mln soʻmdan ortiq boʻlganini — uyushmaning Respublika kengashi tasdiqlashi belgilansin.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga madad jamgʻarmasi va undan foydalanish maqomi toʻgʻrisidagi Nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.