1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida:
1. Xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni (keyingi oʻrinlarda — professional tashkilotlar) jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish amaliyoti boshlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq mazkur Farmonning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan davlat aktivlarini ommaviy savdolarga qoʻyishda va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda:
professional tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi;
professional tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish maqsadida aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oraligʻi (baholash faoliyatining milliy standarti talablaridan qatʼi nazar) savdo jarayonida moʻljal sifatida hisobga olinishiga ruxsat beriladi;
baholash tashkilotining baholash toʻgʻrisidagi hisobotida tavsiya etilgan va uning ekspertiza xulosasida aniqlangan narxni davlat aktivining boshlangʻich narxi sifatida majburiy belgilash toʻgʻrisidagi talab amal qilmaydi;
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga davlat aktivlarining boshlangʻich narxini eʼlon qilmagan holda sotish toʻgʻrisida eʼlonlar berish hamda 2 tadan kam boʻlmagan takliflar orasida eng yaxshisi asosida sotish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati beriladi (baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tavsiya etilgan va ekspertiza xulosasida aniqlangan narxdan qatʼi nazar).
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar davlat mulkini xususiylashtirishda baholovchi tashkilotlarni tanlash, ularning xizmatlari qiymatini aniqlash va toʻlashning eng yaxshi tijorat takliflarini tanlab olish tartibini joriy etsin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-fevral,
PF-6167-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga 1-ILOVA
2021-yil mart oyida savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
2,2
12 256
3.
“Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”
Toshkent shahri, Mirobod tumani
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
1,9
17 863
4.
“Maʼmuriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi)
Toshkent shahri, Mirobod tumani
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
1,1
9103
5.
“Malika” savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani
Toshkent shahar hokimligi
4,1
13 833
6.
“Byeldirsoy oromgohi” dam olish maskani
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani
Toshkent shahar hokimligi “Byeldirsoy oromgohi” shuʼba korxonasi sogʻlomlashtirish markazi
46,1
9 628
7.
“Chorvoq oromgohi” dam olish maskani
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani
Toshkent shahar hokimligi “Chorvoq oromgohi” shuʼba korxonasi sogʻlomlashtirish markazi
76,1
31 211
8.
“Ichan qalʼa” mehmonxona majmuasi
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
0,6
10 100
9.
“Sijjak” dam olish maskani
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
5,4
5 016
10.
“Avtogaztaʼminot” MChJ
Toshkent shahri, Yashnobod tumani
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
18,4
19 316
11.
“Qizil suv sport sogʻlomlashtirish” MChJ
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
5,9
2 746
Izoh.
1. Ushbu ilovada koʻrsatilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning (aktivlarni savdolarga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladi.
2. Obyektlar ulush yoki mulkiy majmua sifatida savdolarga chiqariladi. Ulush sifatida chiqarilganda ushbu ilovada koʻrsatilgan obyektlar jamiyat ustav fondiga balans qiymatida beriladi.
3. Sotish shartlari va usullari (jumladan professional tashkilotlarni jalb etish zarurati) Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
* “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi va unga operativ boshqaruvga berilgan davlat koʻchmas mulk obyekti jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish uchun balans qiymatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladi.
1. Mazkur roʻyxatdagi davlat aksiya paketlari (ulushlar) “UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi ustav kapitaliga nominal qiymatda berish orqali sotiladi.
2. Ushbu ilovada koʻrsatilgan aktivlarni sotishdan tushgan mablagʻlar (“UzAssets” AJ Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan saqlash xarajatlari, jumladan, korxonalarni sotishdan oldingi tayyorlash va sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirgan holda) har chorakda Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, 5 foizi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tasarrufida qoldiriladi.
* “Oʻzkimyosanoat” AJga tegishli ulush belgilangan tartibda boshqaruv organi qarori asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ustav fondiga nominal qiymatda oʻtkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5666-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari yoki Davlat tender komissiyasining qarori bilan boshqacha tartib oʻrnatilmagan boʻlsa, davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladi;”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmonining 9-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi takliflari asosida professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish yoki boshqa tashkilot va idoralarga oʻtkazish huquqi berilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-iyuldagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4771-son qarorining 8-bandi “v” kichik bandi “davlat muassasasi shaklidagi” soʻzlaridan keyin “budjet tashkilotiga tenglashtirilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6044-son Farmoniga 5-ilovaning 43-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 1-dekabr” soʻzlari “2021-yil 1-avgust” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-son Farmonida:
a) 10-bandning “g” kichik bandining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 12-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Farmonning 4-ilovasidagi” soʻzlari “xususiylashtirilishi belgilangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” soʻzlari “2021-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2020-yil 1-dekabrga qadar” soʻzlari “2021-yil 1-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” soʻzlari “2021-yil 1-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 5-ilovadan “** Obyektlar mulkiy majmua sifatida barcha mavjud mol-mulki baholangan holda savdoga chiqariladi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi qarorlari” soʻzi “Hukumati hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“korxonalar sof aktivlarining davlat aksiya paketlari (ulushlari)ga nisbatan proporsional qiymati 100 mln soʻmdan oshmasa, sof aktivlarining proporsional ulushiga teng (sof aktivlari ustav kapitalidan kam boʻlganda nominal) qiymatda jamiyat qatnashchilarining sotib olishdagi ustunlik huquqini qoʻllamagan holda ommaviy savdolarga qoʻyish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarishda ularning boshlangʻich narxini (balans, nominal qiymatlarida, fond birjasi kotirovkasi boʻyicha, sof aktivlari qiymatida yoki davlat aktivlari baholangan narxining 70 foizgacha pasaytirilgan miqdorida) belgilash;
davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish maqsadida xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirishda korxonaning mol-mulklari va majburiyatlarini xatlov hamda baholashni oʻtkazmasdan, ularning ustav kapitali miqdorini soliq organlariga topshirilgan oxirgi buxgalteriya balansi maʼlumotlari asosida sof aktivlari qiymatida, sof aktivlari manfiy boʻlgan taqdirda, korxona ustav kapitali miqdorida belgilash;
davlat aktivlarini ustav kapitaliga berish orqali xususiylashtirish yoki davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari qarorlari asosida ularning nosohaviy aktivlarini davlatga berish orqali ulardagi davlat ulushlarini kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.”;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining TAShKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari
“UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ*
Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Binolardan foydalanish direksiyasi
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi
* Agentlik aksiyador huquqini amalga oshiradi”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi markaziy apparatining TUZILMASI
Izoh:
1. Boshqaruv xodimlari umumiy somi — 126 nafar, shundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 104 nafar.
2. Qoʻshimcha shtat birliklari Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda kiritiladi.”