1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.16.00 Bank siri (shuningdek, 12.03.05.03ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang);
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANKLARDA ELEKTRON AXBOROTLARNI MUHOFAZALAShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChALAR KIRITILIShI TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-oktabrda 1047-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻricida”gi Qonuni 7 va 51-moddalariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini yagona vakillik hisob raqami rejimiga oʻtib ishlashi va bank telekommunikatsiya tarmogʻi muhofazasini taʼminlash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2001-yil 23-iyunda tasdiqlangan 492-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga (2001-yil 9-iyul, roʻyxat raqami 1047 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil 13-son) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi v.v.b. M. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-oktabr,
21/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 2-oktabrdagi 21/10-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron axborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga kiritilayotgan
“11-1. Bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali davlat siri toifasiga kiruvchi maʼlumotlar uzatilishi qatʼiyan man etiladi.
11-2. Markaziy bank farmoyishi va muvofiqlashtirilgan reja-jadvali asosida tijorat banklarida amalga oshirilayotgan tekshirishlar va oʻrganishlar vaqtida, tekshiruvchilarga qogʻoz hujjatlar bilan bir qatorda elektron maʼlumotlardan (elektron hujjatlar, elektron baza, elektron arxiv) ham bank binosidan olib chiqib ketmaslik sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 450-modda)