1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Toshkent shahrining sanoat va eksport salohiyatini oshirish, yangi turdagi raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shu asosda aholini yuqori daromadli ish joylari bilan taʼminlash maqsadida:
1. Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent shahri, Yangihayot tumanida “Xoʻja Uchqun”, “Jaloyiq” va “Gulzor” mahallalari tutashgan hududdagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari hisobidan 210 gektar yer uchastkasida “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov) bilan birgalikda oʻn kun muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan yer maydonlarini “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish uchun ajratsin.
2. “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Tashkiliy komissiya (A.N. Aripov):
a) bir hafta muddatda:
“Yangihayot” industrial texnoparki tarkibiga kiritiladigan yer maydonlarining chegaralarini aniq belgilasin;
“Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasini tashkil etsin;
b) ikki hafta muddatda “Yangihayot” industrial texnoparkining bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
v) bir oy muddatda:
“Yangihayot” industrial texnoparkining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish dasturini tasdiqlash va uning amalga oshirilishini boshlash;
“Yangihayot” industrial texnoparkini va uning faoliyatini zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etishga koʻmaklashish uchun yetakchi xalqaro ekspertlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
“Yangihayot” industrial texnoparkining bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan mablagʻlar, Toshkent shahri mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
“Yangihayot” industrial texnoparkining ichki muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari “Yangihayot” industrial texnoparki direksiyasi va investorlar mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin.
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Sh.D. Raxmonov belgilansin.
Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-fevral,
PQ-4979-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-fevraldagi PQ-4979-son qaroriga ILOVA
“Yangihayot” industrial texnoparkini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya
TARKIBI
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi
J.A. Artikxodjayev
—
Toshkent shahar hokimi, Komissiya raisining oʻrinbosari
J.A. Qoʻchqorov
—
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri
S.U. Umurzakov
—
Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri
T.A. Ishmetov
—
moliya vaziri
B.I. Zokirov
—
qurilish vaziri
A.S. Sultanov
—
energetika vaziri
Sh.S. Xidoyatov
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
I.R. Mahkamov
—
transport vaziri v.b.
Sh.M. Sodiqov
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
F.K. Umarov
—
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori
X.I. Inogamov
—
Yangihayot tumani hokimi
Sh.D. Raxmonov
—
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, Komissiya kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2021-y., 07/21/4979/0086-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)