Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ogʻir yuk koʻtaruvchi xorijiy avtomobillar oqimi koʻpayishi munosabati bilan tranzit avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni tuzatish va ularning shay turishini taʼminlashga oid ishlar keskin ortib ketganligi koʻpgina qoʻshimcha xarajatlarni keltirib chiqarmokda.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori 5-bandiga (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-apreldagi 121-son qarori tahririda) oʻzgartirish kiritilib,
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish hujjatlarini rasmiylashtirganlik uchun stavka va hududga kirganlik uchun olinadigan toʻlov, viza va boj yigʻimlaridan tashqari, 150 AQSh dollari miqdorida belgilansin”.