Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Davlati rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan rasmiy uchrashuv yakunlariga amal qilgan holda, shuningdek, taʼlim sohasida doʻstona davlatlararo munosabatlarni qaror toptirish, xususan, Afgʻoniston Islom Davlatiga milliy kadrlar tayyorlashda yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Afgʻoniston Islom Davlatining Oʻzbekiston oʻquv yurtlarida shartnomasiz taʼlim olayotgan oʻquvchilarini 1992/93-oʻquv yili oxiriga qadar, yetim bolalardan iborat boʻlgan oʻquvchilarni esa muayyan kasbni egallagunga qadar bepul oʻqitishga ruxsat berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari tegishli oʻquv yurtlarida Afgʻoniston Islom Davlatidan kelgan oʻquvchilarning puxta bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish choralarini koʻrsinlar.
Hunar-texnika bilim yurtida va maktab-internatda taʼlim olayotgan afgʻonistonlik yetim bolalarning oʻqishi va yashashi uchun sarflanadigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan yetim bolalar uchun belgilangan miqdorga tenglashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni roʻyobga chiqarish uchun zarur mablagʻ ajratsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va taʼlim majmuiga yuklatilsin.