Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Un-yorma, omixta ozuqa ishlab chiqarish va non pishirish sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini obyektiv baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining un, non va boshqa non mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot boʻyicha, uni oʻtgan (bazis) yilning tegishli davriga nisbatan 100 foiz deb qabul qilgan holda baholash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv hamda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi statistik va ichki tarmoq hisobotlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.