1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GAROV TOʻGʻRISIDAGI ShARTNOMALARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh TARTIBINI SODDALAShTIRISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y, 11-son, 49-modda) qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalarigailovaga muvofiq tahrirda oʻzgartirish kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori bilan tasdiqlangan garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi Vaqtinchalik nizomning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.:
“4. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida tuzilgan garov toʻgʻrisidagi shartnoma summasidan qatʼi nazar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalarida — garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish shuʼbalari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.”
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi Nizom loyihasini ikki hafta muddatda qayta ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 8-aprel,
178-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 178-son qaroriga ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari]
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga ilovaga kiritiladigan
OʻZGARTIRIShLAR
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga ilova 3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a)
shartnomani roʻyxatga olganlik va garovni roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun
shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida;”
Koʻrsatib oʻtilgan ilova 4-bandining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: