1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 11-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 19-dekabrda maʼqullangan
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
“Tegishli sud hayʼatlarida apellatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi”;
2) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi”;
3) 29-moddaning birinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 46-moddaning birinchi qismidagi “kassatsiya va nazorat instansiyalari” degan soʻzlar “kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 51-modda birinchi qismining 9-bandidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan soʻzlar “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 53-moddaning birinchi qismidagi “va nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 55-moddaning birinchi qismidagi “va nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 57-moddaning birinchi qismidagi “va nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 59-moddaning birinchi qismidagi “va nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Birinchi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya oʻz ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda yoxud ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish boʻyicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi”;
11) 1481-moddaning birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 1661-moddaning birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 239-modda uchinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarining va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan”;
14) 2421-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qarorda” degan soʻz “sudning ajrimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 243-moddaning beshinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 247-moddaning uchinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 2543-moddaning birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 257-moddaning birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 267-moddaning birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 273-moddaning matnidagi “apellatsiya, kassatsiya yoxud nazorat tartibida” degan soʻzlar “apellatsiya yoxud kassatsiya tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 405-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 4051-moddaning uchinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 414-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi.
Tayinlangan jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi tufayli apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish koʻrib chiqilgan hollarda, apellatsiya instansiyasi sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi toʻgʻrisidagi masalaga daxl qilmagan holda, faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism boʻyicha amalga oshiriladi”;
27) 416-moddaning ikkinchi qismidagi “uning vakilining” degan soʻzlar “uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 417-moddaning ikkinchi qismidagi “uning vakili” degan soʻzlar “uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bayonnoma qoʻlda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin”;
birinchi qismining birinchi jumlasidagi “bayonnoma” degan soʻz “bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “sud majlisi bayonnomasi” degan soʻzlar “sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 470-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi”;
32) 471-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) hukm ustidan apellatsiya shikoyatini berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 4973 va 4974-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari”;
33) 473-moddaning toʻrtinchi qismidagi “hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish” degan soʻzlar “hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) oʻn birinchi boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OʻN BIRINChI BOʻLIM. SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh”;
“551-bob. BIRINChI INSTANSIYA SUDINING HUKMI, AJRIMI USTIDAN APELLATSIYA TARTIBIDA ShIKOYAT BERISh (PROTEST BILDIRISh)
4971-modda. Apellatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.
4972-modda. Hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir.
4973-modda. Hukmlar ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga;
2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmi ustidan — mazkur sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga.
Apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 4976-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
4974-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati
Apellatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.
Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli.
Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.
4975-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 4976-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli.
4976-modda. Apellatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida xabar berish
Hukm chiqargan sud apellatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, xabardor qiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Taraflar apellatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
4977-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari
Apellatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻxtatib turadi.
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
4978-modda. Apellatsiya shikoyati va protestining mazmuni
Apellatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
5) shikoyat, protest bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;
7) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
8) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest berayotgan shaxsning imzosi.
Agar apellatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, sudya apellatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisida apellatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi.
Sudyaning apellatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi talablari bajarilmagan va apellatsiya shikoyati, protesti belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. Bunday holda hukm qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi.
4979-modda. Apellatsiya shikoyatiga, protestiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish
Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.
Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas.
Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
49710-modda. Apellatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.
Apellatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
49711-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat va protest berish
Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin.
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar apellatsiya shikoyatiga yoki apellatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.
49712-modda. Ishni apellatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabar berish
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi”;
37) quyidagi mazmundagi 552-bob bilan toʻldirilsin:
“552-bob. APELLATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISh YuRITISh
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha haqiqiy holatlar aniqlanishining toʻliqligini va jinoyat qonuni normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida jinoyat-protsessual qonun normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.
49714-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish muddatlari
Apellatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini ish shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay koʻrishga kirishishi kerak.
Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan oʻn besh sutkaga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari esa koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin.
Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrish davomiyligi uni koʻrish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak.
49715-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash
Sudya apellatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi:
1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi;
2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaxslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda koʻrsatilgan qoʻshimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish toʻgʻrisidagi;
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
4) qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi.
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 4976-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.
49716-modda. Taraflarning apellatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi
Apellatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:
1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
2) mahkum, oqlangan shaxs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda;
3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.
Qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
49717-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish tartibi
Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda koʻriladi.
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilishini eʼlon qiladi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno.
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yoʻqligini, apellatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Sud muhokamasi sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi eʼtirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi.
Raislik qiluvchi apellatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Ish boʻyicha bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellatsiya instansiyasi sudiga apellatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.
Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini asoslab berishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli.
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.
49718-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
49719-modda. Hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari
Hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;
2) sudning hukmida bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi;
3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;
4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilganligi;
5) jazoning adolatsizligi.
49720-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi
Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb topiladi, basharti ish boʻyicha:
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa;
2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa;
3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa;
4) ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar yoki ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa;
5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa;
6) ishni yangitdan apellatsiya tartibida koʻrish uchun yuborgan kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida koʻrsatilgan holatlar tekshirilmagan boʻlsa.
49721-modda. Hukmda bayon qilingan sud xulosalarining ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi
Quyidagi hollarda sud hukmi jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi, agar:
1) sud xulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;
2) sud oʻz xulosasiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa;
3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra dalillardan baʼzilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda koʻrsatilmagan boʻlsa;
4) sudning hukmida bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllashga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa.
49722-modda. Jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishlari
Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sud ishning har tomonlama koʻrib chiqishiga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb eʼtirof etiladi.
Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, agar:
1) hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa;
2) sudyaning hukmni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan boʻlsa;
3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno;
4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;
5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa;
6) sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmagan boʻlsa;
7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa;
8) qonunga koʻra himoyachining ishtiroki shart boʻlsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa;
9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa;
10) sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoxud imzolanmagan boʻlsa.
49723-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi
Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi:
1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalari talablarining buzilganligi;
2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi kerak boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi;
3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi.
49724-modda. Jazoning adolatsizligi
Jazo jinoyatning ogʻirligiga, mahkumning shaxsiga nomuvofiq boʻlsa yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki miqdori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta ogʻir boʻlsa adolatsiz hisoblanadi.
49725-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish chegarasi
Sud jinoyat ishini apellatsiya tartibida koʻrishda apellatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan apellatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham eʼtiborga oladi.
Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoxud protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shu maqsadda apellatsiya instansiya sudi:
1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosiga koʻra talab qilib olishga;
2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga;
3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy dalillarni va boshqa dalillarni tekshirishga;
4) birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga;
5) birinchi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga;
6) fuqaroviy daʼvoga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy daʼvo boʻyicha qaror qabul qilishga;
7) ish materiallari toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli.
Apellatsiya instansiyasi sudi asoslar mavjud boʻlganda mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq tartibli turini belgilashga, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdorini koʻpaytirishga haqli.
Apellatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) hukmni oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida;
6) ushbu Kodeksning 416 yoki 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish haqida va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;
7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida;
8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya hukmini chiqaradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
49727-modda. Birinchi instansiya sudining ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish
Apellatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar:
1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa;
2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar sudlanuvchini aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa.
49728-modda. Ayblov hukmini bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish
Agar jinoyat ishini apellatsiya tartibida koʻrish chogʻida ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoki mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.
Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi.
Sudning ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.
Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi.
Birinchi instansiya sudi tomonidan ish muhokamasi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
49729-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaxsning ahvolini ogʻirlashtirish tomonga bekor qilish
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga va mahkumga nisbatan jazoni kuchaytirgan yoki unga eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining ayblov hukmi mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda bekor qilinishi faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra yangi hukm chiqarish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga xilofligi va asossizligi borasida berilgan shikoyati boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin.
1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyatga oid qonunni qoʻllashga;
2) mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga;
3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrogʻiga yoki ogʻirrogʻiga oʻzgartirishga;
4) jinoyat natijasida yetkazilgan va qoplanishi belgilangan moddiy zarar miqdorini, shuningdek maʼnaviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga;
5) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
49731-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
3) apellatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs;
4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni;
5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
6) shikoyat, protest boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudining qarori.
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish chogʻida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon etishga haqli.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
49732-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
Apellatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
49734-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni koʻrib chiqish
Ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellatsiya tartibida xususiy shikoyat, protest berishga haqli.
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan boʻlib, biroq xususiy shikoyat yoki protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi.
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, protest apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, protest boʻyicha koʻrish natijalari yuzasidan quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ushbu Kodeksda belgilangan asoslarga muvofiq ishni prokurorga yuborishga;
4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga.
Apellatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesildir.
49735-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni qoʻshimcha koʻrish
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud apellatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi kassatsiya tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboradi.
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelib tushgan xususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qoʻllaniladi.
49736-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat berish
“56-bob. SUDNING HUKMI VA AJRIMI USTIDAN KASSATSIYA TARTIBIDA ShIKOYAT BERISh (PROTEST BILDIRISh)
498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ushbu Kodeksning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari protestiga koʻra takroran kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.
499-modda. Sudning hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) boʻlgan huquq
Birinchi va apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga boʻlgan huquq mahkumga, uning himoyachisi va qonuniy vakiliga, jabrlanuvchi hamda uning vakiliga tegishlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli.
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya hamda apellatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqli.
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
500-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini berish tartibi va muddatlari
Kassatsiya shikoyati, protesti bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi.
Agar shikoyatda, protestda quyidagi masalalar qoʻyilgan boʻlsa, ishni kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi:
1) ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi toʻgʻrisida;
2) jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgartirishlar haqida;
3) oqlov hukmini yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrimni bekor qilish toʻgʻrisida.
2) shikoyat, protest bergan shaxs, uning protsessual holati, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) ustidan shikoyat, protest berilgan hukm, ajrim, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining nomi;
4) shikoyat, protest bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi, ish boʻyicha sudga qadar ish yuritishni amalga oshirish yoki sud muhokamasi chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligiga doir vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
5) shikoyat, protest bergan shaxs oʻz talablarini asoslagan dalillar;
6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
7) shikoyat, protest berilgan sana va shikoyat, protest bergan shaxsning imzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan kassatsiya shikoyati, protesti quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) shikoyat, protest ushbu Kodeksning 501-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) shikoyatga, protestga ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinmagan boʻlsa;
3) ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydigan boʻlsa;
4) shikoyatni, protestni qaytarib olish toʻgʻrisida ariza (xat) kelib tushgan boʻlsa.
Shikoyat, protest bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin umumiy tartibda yangitdan murojaat qilishga haqli.
503-modda. Jinoyat ishini suddan talab qilib olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari jinoyat ishini sud qarorlari ustidan kassatsiya tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun suddan talab qilib olishga haqli. Ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi, uchinchi — beshinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslarning arizalari, shuningdek sudyalarning taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari ishlarni talab qilib olish uchun sabab boʻlishi mumkin.
504-modda. Hukmni, ajrimni ijro etishni toʻxtatib turish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqlidir. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda mazkur shaxslar jinoyat ishini talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijrosini to ular yuzasidan protest bildirilguniga qadar uch oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib qoʻyishga haqlidir”;
39) quyidagi mazmundagi 561-bob bilan toʻldirilsin:
“561-bob. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISh YuRITISh
505-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining sud muhokamasi predmeti
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha ishdagi mavjud materiallarga koʻra birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan Jinoyat kodeksi normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini hamda ushbu Kodeks normalariga rioya etilganligini tekshiradi.
506-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqish muddatlari
Kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya instansiyasi sudida u kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim. Bu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlganda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
507-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini oʻrganish
Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protestini oʻrganib, koʻpi bilan oʻn sutkalik muddat ichida quyidagi masalalarni hal qiladi:
shikoyatni, protestni ushbu Kodeksning 502-moddasiga muvofiq qaytarishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi;
jinoyat ishini talab qilib olishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi.
Shikoyatni, protestni oʻrganish natijalariga koʻra, sudya:
shikoyatni, protestni qaytarish toʻgʻrisida;
jinoyat ishini talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganish natijalariga koʻra, sudya:
shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida;
ushbu Kodeksning 522-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi.
508-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisidagi ajrimning mazmuni
Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan vaqt, joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;
5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;
6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish asoslari.
509-modda. Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning mazmuni
Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan vaqt, joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;
3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
4) birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;
5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;
6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish asoslari;
7) ajrim ustidan shikoyat berish, protest bildirish tartibi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosarlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning shikoyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, oʻz ajrimi bilan sudyaning shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga va kassatsiya shikoyatini, protestini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.
5091-modda. Shikoyat, protest kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari, agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida xabardor qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida, eʼtirozlar taqdim etilgan muddatni koʻrsatgan holda berishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi. Shikoyat (protest) ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
5092-modda. Kassatsiya shikoyatiga, protestga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish
Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.
Kassatsiya protestiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoki uning vakilining kassatsiya shikoyatiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish chogʻida mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas.
Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin ishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.
5093-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olish
Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Mahkum oʻz himoyachisi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.
Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
5094-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish muddatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishini koʻrishga kirishishi kerak.
Ish oʻta murakkab boʻlganda va boshqa alohida hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak.
5095-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash chogʻida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar
Sudya kassatsiya shikoyati, protesti berilgan jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal qiladi:
1) jinoyat ishini koʻrish boshlanadigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisidagi;
2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish toʻgʻrisidagi;
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
4) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi.
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga, shuningdek prokurorga uch sutka ichida xabar qilinadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, himoyachi.
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar bundan mustasno.
5097-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish tartibi
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi.
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, kassatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.
Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellatsiya instansiyasi sudi hukmi, ajrimining, kassatsiya shikoyatining, protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.
Sudyaning maʼruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati, protestini bergan taraflarning maʼruzalarini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari orasida prokurorning kassatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.
Shundan keyin sud ish materiallari boʻyicha dalillarni tekshirishga oʻtadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Sud muhokamasi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi.
Taraflarning maʼruzalari tugaganidan keyin sud maslahatxonaga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 49731-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.
Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatda tayyorlanishi kerak. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat boʻlganda ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga doir oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidir.
5098-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrish chegarasi
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protestida bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.
Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaxs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, sud kassatsiya shikoyati, protesti berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaxslarga nisbatan hukmni, ajrimni bekor qilishga, basharti hukm, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini ogʻirlashtirsa, haqli emas.
Kassatsiya instansiyasi sudining koʻrsatmalari jinoyat ishini apellatsiya tartibida yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan apellatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborayotganda ayblov isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalillarning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tasnifi va jazo chorasi toʻgʻrisida oldindan xulosa chiqarib qoʻyishga haqli emas.
Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instansiya, apellatsiya instansiyasi sudlarining hukmlarini, ajrimlarini oʻzgarishsiz qoldirish, kassatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
2) apellatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida yoki ishni apellatsiya tartibida yangidan koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida;
3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida;
4) birinchi instansiya, apellatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi quyidagi hollarda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim, agar:
1) kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qarorlar bilan avvalgi hukmlar yoki ajrimlar asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan deb topsa;
2) ishni koʻrayotganda ular apellatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining qonuniyligiga taʼsir koʻrsatgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
3) kassatsiya shikoyatini yoki protestini bergan shaxs;
4) birinchi instansiya, apellatsiya instansiyasi sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining, ajrimining qaror qismi mazmuni;
5) shikoyatning, protestning, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
6) shikoyat, protest boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori.
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda boʻlgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.
50911-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish
Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboriladi.
50912-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish
Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining ushbu Kodeksning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kiritgan kassatsiya protesti boʻyicha kassatsiya tartibida takroran koʻradi.
Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining ilgari mazkur ishni koʻrishda ishtirok etmagan besh nafar sudyasidan iborat tarkibda, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni takroran koʻrib chiqishda:
1) kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga;
2) birinchi, apellatsiya instansiyalari sudining hukmini, ajrimini oʻz kuchida qoldirishga yoki oʻzgartirishga;
3) apellatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilishga va ishni apellatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga;
4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilishga va ishni tugatishga haqlidir.
50913-modda. Sud hukmi, ajrimi bekor qilinganidan keyin ishni koʻrish
Sudining hukmi yoki ajrimi kassatsiya tartibida bekor qilinganidan keyin ish apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan umumiy tartibda koʻriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish chogʻida jazoni kuchaytirishga yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat, basharti dastlabki hukm yoki ajrim kassatsiya tartibida jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllash zarurati munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Apellatsiya instansiyasi sudining chiqargan hukmi, ajrimi ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin”;
40) 57-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57-bob. YaNGI OChILGAN HOLATLAR TUFAYLI ISh YuRITIShNI QAYTADAN BOShLASh”;
42) 522 — 527-moddalar quyidagi mazmundagi 522 — 5271-moddalar bilan almashtirilsin:
“522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin.
Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud boʻlgan, biroq sudga maʼlum boʻlmagan holatlardir.
Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat:
1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
3) muayyan jinoyat ishini koʻrish chogʻida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;
4) oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirligi darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.
523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari
Mahkumning foydasini koʻzlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.
Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi.
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi munosabati bilan qayta koʻrishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning oʻtish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiisteʼmol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.
524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida protest berishga haqli.
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:
1) fuqarolarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining xabarlari;
2) ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini koʻrish jarayonida olingan maʼlumotlar.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni koʻrsatuvchi maʼlumotlarga havola mavjud boʻlsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani oʻz ajrimi bilan kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, sud materiallarni tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda soʻroq, koʻzdan kechirish, ekspertiza, olib qoʻyish va boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi mumkin. Tergov natijalari boʻyicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta koʻrish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi.
Prokurorning xulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudya oʻz ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi manfaatdor shaxslarning shikoyatiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, materiallarni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni prokuror tomonidan koʻrib chiqish
Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi koʻrsatilgan boʻlsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari boʻyicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror kassatsiya instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi.
Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish boʻyicha hukmning koʻchirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi.
Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun asoslar yoʻq deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Prokuror qarorining koʻchirma nusxasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan koʻrib chiqish
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda taʼminlanishi mumkin.
Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi.
527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimi
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangitdan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida;
2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan hollar aniqlanganda prokurorga yuborish toʻgʻrisida;
3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida;
4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻgʻrisida.
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha chiqarilgan sud ajrimining koʻchirma nusxasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi boshqa manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi.
5271-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli qayta boshlangan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshiriladi”;
43) 58-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“528-modda. Hukmning qonuniy kuchga kirishi va uni ijro ettirish
Agar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar shikoyat bermagan boʻlsa, ushbu hukm uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat va protest berish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ish yuqori sud tomonidan koʻrib chiqilgan kunda qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining hukmi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, agar ulardan loaqal bittasiga taalluqli hukm ustidan shikoyat yoki protest berilgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi.
Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki jinoyat ishi apellatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida hukm birinchi instansiya sudi tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim va prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas”;
“530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi va uni ijro etish
Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.
Sudning apellatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.
Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijro ettiriladi”;
“Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 552-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi”;
48) 590-moddaning birinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49) 591-moddaning toʻrtinchi qismidagi “bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqilishi lozim” degan soʻzlar “bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudlariga” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “oʻn” degan soʻz “yigirma” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “shikoyatini yoki protestini” degan soʻzlar “shikoyatini, protestini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-yanvar,
OʻRQ-664-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)