Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI, KORPORATSIYALARI, KONSERNLARI, UYuShMALARI VA BIRLAShMALARINING IShChILAR TAʼMINOTI BOShQARMALARI HAMDA BOʻLIMLARINI XUSUSIYLAShTIRISh VA DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilayotgan, tovar resurslarini markazlashgan holda taqsimlash toʻliq bekor qilingan, isteʼmol bozorini tovar bilan toʻldirish jiddiy yaxshilangan sharoitda tarmoq vazirliklari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalar tarkibida savdo tashkilotlari hamda korxonalari mavjud boʻlishiga ehtiyoj qolmadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, vazirliklar va idoralar ishchilar taʼminoti boshqarmalari hamda boʻlimlari savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻz tarkibida ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlariga ega boʻlgan respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, birlashmalari:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlari savdo korxonalarining toʻliq roʻyxatini va ularni 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish toʻgʻrisida takliflar taqdim etsinlar;
savdo korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilishiga koʻra ishchilar taʼminoti boshqarmalari va boʻlimlarini ortiqcha boshqaruv boʻgʻini sifatida toʻliq tugatsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (Gʻafurov) vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tarmoq va hududiy dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, bunda ularda ishchilar taʼminoti boshqarmalari hamda boʻlimlari savdo korxonalarini qayta oʻzgartirishning aniq shakllarini nazarda tutsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.3. Usmonov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.