Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sifatli investitsiya jarayonini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar taʼsischilari, shu jumladan birinchi rahbarlariga (ular bilan tegishli lavozimlarga mehnat shartnomalari tuzilgan kundan boshlab), uch oygacha boʻlgan muddatda”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.