“OʻZAGROSUGʻURTA” DAVLAT-AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASINI iqtisodiy SUDGA MUROJAAT QILGANDA DAVLAT BOJI TOʻLASHDAN OZOD QILISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
“Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi tomonidan toʻlangan sugʻurta toʻlovlari hisobiga qishloq xoʻjaligi korxonalaridan qarzlarni undirib olish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
1. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, uning direksiyasi va joylardagi boʻlimlari:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan banklarning kreditlari qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.03.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun beriladigan imtiyozlar, dotatsiyalar va kompensatsiyalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha ishlarni oʻtkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilishini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha toʻlangan sugʻurta toʻlovlari uchun qishloq xoʻjaligi korxonalaridan qarzlarni undirib olish toʻgʻrisida daʼvolar bilan iqtisodiy sudga murojaat qilganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.