Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 286-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgantartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-iyundagi 407-son “Huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan qoʻllanilishi mumkin.”;
2.
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Kodeksning 54, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida,126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (bosh boshqarmasi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, yoʻl-patrul xizmatini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, uning oʻrinbosari, alohida muhim ishlar boʻyicha inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektor), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, uning oʻrinbosari, maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha katta inspektor (inspektor), avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining katta inspektori, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalariga va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi va ular uchun maʼmuriy jazo qoʻllaniladi.”.
birinchi xatboshidagi “135, 135
1-moddalarida” degan soʻzlar “135-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5. Quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
“451. Quyidagi hollarda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi:
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda.
Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki ogʻzaki shaklda xabardor etishi lozim.”.