toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZAGROQURILISh” RESPUBLIKA IShLAB ChIQARISh DAVLAT-KOOPERATIV QURILISh BIRLAShMASINING USTAVIGA QISMAN O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“O‘zagroqurilish” respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasining Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Ustaviga qisman o‘zgartirishlar kiritilsin hamda 22 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“22. Rais, uning o‘rinbosarlari va boshqaruv a’zolari birlashma Kengashi tomonidan saylanadilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar”.
“28. “O‘zagroqurilish” birlashmasining raisi boshqarmalar va apparat mustaqil bo‘limlarining boshliqlarini, birlashmaga qarashli korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini lavozimlariga tayinlaydi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 25-iyun,
313-son