1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 4-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda maʼqullangan
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-599-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan, toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek ularni olib kirishga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin”;
2) 75-modda quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega”;
15-bandining “a” kichik bandi “(bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno)” degan soʻzlardan keyin “mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
23-bandidagi “agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar “agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar”;
9-bandidagi “agar qarzga doir bitimda bu tovarlar olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar “agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 259-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi”;
6) 283-modda birinchi qismining 3-bandidagi “gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali” degan soʻzlar “gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar “agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga”;
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy belgilangan), shuningdek advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi”;
9) quyidagi mazmundagi 2891, 2892 va 2893-moddalar bilan toʻldirilsin:
“2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
2021-yil 1-yanvardan: 163 500 soʻm/1000 dona + 9 foiz
2021-yil 1-fevraldan: 172 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz
2021-yil 1-oktabrdan: 185 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz
2.
Sigara
4 700 soʻm/1 dona
3.
Chilim uchun tamaki
280 000 soʻm/kg
4.
Chekiladigan, oʻrama tamaki
280 000 soʻm/kg
5.
Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki
280 000 soʻm/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
280 000 soʻm/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
112 000 soʻm/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynyerlarda)
500 soʻm/ml
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz soligʻining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmol qadogʻida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki xomashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz soligʻi netto ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tamaki xomashyosining ogʻirligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini) hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
2892-modda. Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Alkogol mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
ishlab chiqariladigan (1 dal tayyor mahsulot uchun)
2021-yil 1-yanvardan
2021-yil 1-fevraldan
2021-yil 1-oktabrdan
1.
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlangʻich fraksiyasi
70%
10 800 soʻm
12 500 soʻm
13 500 soʻm
2.
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari
50 000 soʻm/
1 litr uchun
98 000 soʻm
116 400 soʻm
125 100 soʻm
hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari
70 000 soʻm/
1 litr uchun
162700 soʻm
192 300 soʻm
206 700 soʻm
3.
Vino:
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)
35000 soʻm/
1 litr uchun
7 700 soʻm
8 300 soʻm
8 700 soʻm
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
50000 soʻm/
1 litr uchun
14 500 soʻm
16 800 soʻm
18 000 soʻm
4.
Pivo
50%, biroq 1 litr uchun/15000 soʻmdan kam boʻlmagan
10 600 soʻm
11 700 soʻm
12 600 soʻm
2893-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
280000 soʻm/tonna
340000 soʻm/tonna
2.
Polietilen granulalar
20%
3.
Tabiiy gaz, shu jumladan eksport
20%
4.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (bundan “Hududgaztaʼminot” AJ orqali aholiga sotiladigan hajmlar mustasno), shu jumladan eksport
30%
5.
Yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan:
benzin
1 litr uchun
285 soʻm/1 tonna uchun 378 480 soʻm
1 litr uchun
350 soʻm/1tonna uchun 465 530 soʻm
dizel yoqilgʻisi
1 litr uchun 285 soʻm/1 tonna uchun 346 275 soʻm
1 litr uchun 350 soʻm/1tonna uchun 425 918 soʻm
suyultirilgan gaz
1 litruchun
285 soʻm/1 tonna uchun 540 645 soʻm
1 litruchun 350 soʻm/1tonna uchun 665 493 soʻm
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 435 soʻm
1 kub metr uchun 500 soʻm
6.
Mobil aloqa xizmatlari
15%
7.
Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar
20%
Ushbu modda birinchi qismining 2, 3, 4 va 6-bandlarida soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qoʻllanilmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar eʼtirof etiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida belgilangan soliq stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga qoʻllaniladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga shakar xomashyosini olib kirishga aksiz soligʻi solinmaydi”;
ikkinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk”;
“Agar mazkur moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, amortizatsiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlangʻich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Amortizatsiyalanadigan aktivlarning boshlangʻich qiymati buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan kapital qoʻyilmalar amalga oshirilgan taqdirda oʻzgaradi.
2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga asosan soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan, ilgari oʻtkazilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlangʻich qiymat hisoblanadi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab soliq toʻlovchi tomonidan keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymatini qayta baholash amalga oshirilganda, bunday qayta baholash natijasi amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda soliq solish maqsadlari uchun hisobga olinmaydi”;
“Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi kelgusi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga oʻzgartirishlar kiritishga haqli”;
12) 365-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlash xohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti boʻlib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar hisoblanadi”;
Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar
boshqa
shaharlar
boshqa aholi punktlari
1.
Chakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan
750 000
600 000
300 000
200 000
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan
250 000
150 000
100 000
50 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
250 000
150 000
100 000
50 000
2.
Maishiy xizmatlar
250 000
150 000
100 000
50 000
3.
Boshqa faoliyat turlari
225 000
150 000
100 000
50 000
4.
Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
150 000
3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
225 000
Soliq toʻlovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur;
I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi;
“Hunarmand” uyushmasi aʼzosi boʻlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi;
bolalar oʻyin avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi”;
“Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
4) qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda toʻlanadi.
Mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda, quyidagi soliq toʻlovchilar tomonidan esa majburiy tartibda toʻlanadi:
“Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari — ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrda;
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi”;
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;
ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi”;
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi”.
16) 414-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining”;
17) 415-moddaning toʻrtinchi qismi birinchi xatboshidagi “0,2 foiz” degan soʻzlar “0,4 foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 419-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar”;
19) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari (foizlarda)
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (bundan umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlganlari mustasno), koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,23
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar boʻlganlari
0,3
500 kv.m dan ortiq boʻlganlari
0,4
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,3
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari
4-bandidagi “dam olish uylari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11-bandidagi “maishiy chiqindilar” degan soʻzlar “maishiy, qurilish va boshqa chiqindilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 427-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — yer uchastkasining umumiy maydoni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy taʼminot obyektlari egallagan yerlar;
sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-sogʻlomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar”;
“suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi”;
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln soʻmda)
Toshkent shahri
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
208,2
166,5
124,9
83,3
41,6
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
26,2
Andijon viloyati
33,0
Buxoro viloyati
26,7
Jizzax viloyati
26,7
Qashqadaryo viloyati
26,7
Navoiy viloyati
26,7
Namangan viloyati
33,0
Samarqand viloyati
33,0
Surxondaryo viloyati
23,5
Sirdaryo viloyati
20,8
Toshkent viloyati
27,6
Fargʻona viloyati
26,7
Xorazm viloyati
26,7
”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak”;
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;
beshinchi qism birinchi xatboshidagi “0,1 koeffitsiyent” degan soʻzlar “0,25 koeffitsiyent” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “uchinchi” degan soʻz “beshinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin”;
“Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi”;
24) 431-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;
25) 434-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati”;
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno):
Respublika hududlari
1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi (soʻmda)
Toshkent shahri
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
1193,6
1013,2
832,6
652,3
471,8
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
245,0
Andijon viloyati
297,6
Buxoro viloyati
245,0
Jizzax viloyati
245,0
Qashqadaryo viloyati
245,0
Navoiy viloyati
245,0
Namangan viloyati
297,6
Samarqand viloyati
297,6
Surxondaryo viloyati
221,6
Sirdaryo viloyati
191,8
Toshkent viloyati
252,2
Fargʻona viloyati
245,0
Xorazm viloyati
245,0
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qoʻllaniladi”;
“Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha esa — qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;
29) 442-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari”;
“Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga, dehqon xoʻjaliklari boʻyicha esa — hisobot davri uchun kelgusi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga — soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.
Dehqon xoʻjaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlar asosida aniqlanadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari soliq bazasini tabiiy va sunʼiy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.
Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga koʻra aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi”;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart”;
31) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 — 6-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar
182
221
2.
Sanoat korxonalari
472
564
3.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari
70
90
4.
Qishloq xoʻjalik yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari
40
40
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmi
1990
1990
6.
Alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
25 185
25185
”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qoʻllaniladi”;
Sugʻurta agentlari, shuningdek sugʻurta, qimmatli qogʻozlar bozori va tovar-xomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar, shuningdek rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi koʻrsatuvchi shaxslar.
13
”;
9.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.2.
joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan tovar aylanmasi boʻyicha:
4
”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-dekabr,
OʻRQ-659-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son)