1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining
QARORI
Turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashash hududlarida va dam olish zonalarida ruxsat etilgan shovqin darajasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari
Texnikaviy shartlar
(SanQvaM 0008-20)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 5-son]
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu sanitariya normalari va meʼyorlari turar joylarda, jamoat binolarida, aholi yashaydigan hududlarda tashqi va ichki manbalardan hosil boʻladigan shovqinning ruxsat etilgan darajalarini, shuningdek tekshirilayotgan obyektda shovqin darajasini oʻlchash, uning uslublari va uni gigiyenik baholashga boʻlgan umumiy talablarni belgilaydi.
2. Mazkur sanitariya normalari va meʼyorlari maxsus binolarda (radio, telestudiyalar, teatr va kinoteatr zallari, konsert va sport zallari), shuningdek aholi yashash hududlarida samolyot va vertolyotlar parvoz vaqtida, uchganda, qoʻnganda va aeroportda dvigatellarni sinab koʻrganda chiqadigan shovqinlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu sanitariya normalari va meʼyorlari turar joy, jamoat binolari, texnologik, muhandislik, sanitariya-texnik uskunalarga va mashinalar, transport vositalarini loyiha, konstruksiya, texnologiya, sertifikatsiya va ekspluatatsiya talablarni belgilaydigan davlat va sohaga oid standartlar hamda barcha meʼyoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilishida hisobga olinishi kerak.
4. Mazkur sanitariya normalari va meʼyorlari kuchga kirishi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2009-yil 19-iyunda 0267-09-son bilan tasdiqlangan Turar joy binolarida, jamoat binolari va uy — joy qurilishi hududlarida ruxsat etiladigan shovqin meʼyorlaridan oshmasligini taʼminlashga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu sanitariya normalari va meʼyorlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tovush bosimi — oʻzgaruvchan havo bosimi boʻlib, tovush tebranishi natijasida paydo boʻladi;
doimiy boʻlmagan shovqin — vaqtda oʻzgaradigan shovqin, tovush darajasi vaqt ichida 5dBA dan ortiq boʻlmagan uzluksiz ravishda oʻzgaradi (misol uchun, avtotransport vositalarida hosil boʻluvchi shovqin);
tovushning ekvivalent darajasi, LAekv, dBA, doimiy boʻlmagan shovqin — doimiy shovqin darajasining shunday oʻrtacha kvadrat tovush bosimiga ega va bu aniq vaqt davomidagi doimiy boʻlmagan shovqin;
ruxsat berilgan shovqin darajasi — bundan daraja, odam organizmining shovqinga sezgir boʻlgan funksional tizimlari va analizatorlari oʻzgarishiga olib kelmaydi hamda insonda xavotir keltirib chiqarmaydi;
keng chiziqli shovqin — kengligi 1 oktavadan ortiq boʻlgan uzluksiz spektrli shovqin;
tonal shovqin — shovqin spektrida yaqqol namoyon boʻladigan alohida (diskret) tovushlarga ega va chastotalarni 1/3 oktava chiziqlarida oʻlchanganda yonma-yon joylashganlardan 10dBA ga ortib ketishi;
impulsli shovqin — ushbu shovqin bir yoki bir necha tovushli signallardan tashkil topgan boʻlib, har biri 1 sekunddan kam boʻlgan davomiylikka ega va shu bilan birga “impuls” va “sekin” vaqtga oid tavsiflarda dBAda oʻlchangan tovush darajalari 7dBA dan kam boʻlmagan darajalarda farq qiladi.
2-bob. Oʻlchov va meʼyorlashtirilgan birliklari
6. Meʼyorlashtirilgan doimiy boʻlmagan shovqin tovushining ekvivalent darajasi LAekv, dBA va tovushni maksimal darajasi LAmaks, dBA hisoblanadi. Ruxsat etilgan shovqin darajasiga muvofiqligi bir vaqtda ikkita koʻrsatgich bilan baholanadi, bitta koʻrsatgich yuqori boʻlsa, bu holat hujjatda belgilangan meʼyorga javob bermaydi deb hisoblanadi.
7. Doimiy boʻlgan shovqinni meʼyoriy darajasi tovush bosimi darajasi L, dBA hisoblanadi, chastotalarni oktava chiziqlarida 31,5, 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gts li oʻrtacha geometrik chastotalar bilan (tovush bosimini oktava darajalari), moʻljallangan baholash uchun tovushni umumiy darajasi LA, dBA.
8. Turar joylar va jamoat binolarida (fortochkalarda, framugalarda, derazalardan birining tabaqasi ochiq holda) va aholi yashash hududlarida ekvivalent tovush darajasi (tashqi, ichki manbalarda) va tovush bosimining oktavalar boʻyicha ruxsat etilgan darajalari shovqin tavsifi va kunduzgi yoki tungi vaqtlar hisobga olgan holda 1-jadvalda berilgan.
1-jadval
T/r
Bino yoki hududlarning nomlari
Sutkaning vaqtlari
Tovush bosimi darajalari, dB, oʻrtacha geometrik chastotalar bilan oktava bandlari chastotalarida, Gts
Tovush darajalari, LA va tovushni ekvivalent darajalari, LAekv., dBA
Tovushni maksimal darajalari, dBA
31,5
63
125
250
500
1000
2000
4000
8000
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1.
Shifoxona, klinika va sanatoriylar palatalari hamda operatsiya xonalari
soat 7 dan 23 gacha
23 dan
7 gacha
76
69
59
51
48
39
40
31
34
24
30
20
27
17
25
14
23
13
35
25
50
40
2.
Poliklinika, ambulatoriya, dispanser, shifoxona, sanatoriy va klinikalardagi vrachlar xonalarida
-
76
59
48
40
34
30
27
25
23
35
50
3.
Sinf, oʻquv va oʻqituvchilarning xonalari, taʼlim muassasalari auditoriyalari, anjumanlar va seminarlar oʻtkazish uchun zallar, masjidlar, kutubxonalar oʻqish zallarida
-
79
63
52
45
39
35
32
30
28
40
55
4.
Xonadonlarning yashash xonalari, dam olish uylari, pansionatlar, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlarining yotoqxonalarida
Soat 7 dan 23 gacha
23 dan 7 gacha
79
72
63
55
52
44
45
35
39
29
35
25
32
22
30
20
28
18
40
30
55
45
5.
Mehmonxona va kempinglar xonalari va yotoqxonalarning yashash xonalarida
7 dan 23 s
23 dan7 s
76
67
59
57
48
49
40
44
34
40
30
37
27
35
25
33
23
45
35
60
50
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
6.
Kafe, restoran, bar va oshxonalarning ovqatlanish zallarida
-
90
75
66
59
54
50
47
45
43
55
70
7.
Bozorlar hududlarida, doʻkonlarning savdo zallarida, aeroport va vokzallarning yoʻlovchilar zallarida, maishiy xizmat korxonalari qabul punktlarida
-
93
79
70
63
59
55
53
51
49
60
75
8.
Shifoxona, klinika va sanatoriylar bilan bevosita tutashgan hududlarda
soat 7 dan
23 gacha
soat 23 dan 7 gacha
83
76
67
59
57
48
49
40
44
34
40
30
37
27
35
25
33
23
45
35
60
50
9.
Aholi yashaydigan uylar, poliklinikalar, ambulatoriyalar, dispansyerlar, dam olish uylari, pansionatlar, qariyalar va nogironlar uchun internat-uylar, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab va boshqa oʻquv yurtlari hamda kutubxonalar bilan bevosita tutashgan hududlarda
soat 7 dan
23 gacha
soat 23 dan 7 gacha
90
83
75
67
66
57
59
49
54
44
50
40
47
37
45
35
43
33
55
45
70
60
10.
Mehmonxonalar, kempinglar va yotoqxonalar binolari bilan bevosita tutashgan hududlarda
soat 7 dan
23 gacha
soat 23 dan
7 gacha
93
86
79
71
70
64
63
54
59
49
55
45
53
42
51
40
49
39
60
50
75
65
11.
Shifoxona, klinika va sanatoriylar hududlaridagi dam olish joylarida
-
79
63
52
45
39
35
32
30
28
40
55
Izoh. tashqi hamda ichki manbalardan hosil boʻlayotgan shovqin impulsli yoki tonal tavsifga kiradi, jadvalda koʻrsatilgan meʼyorlarga qaraganda 5dBA dan past qabul qilinadi.
9. Yopiq konsert zallari, diskoteka va tungi klublar, restoran, kafe, barlar va boshqa umumiy ovqatlanish shaxobchalari, ochiq joylardagi konsert va raqs maydonlari, istirohat bogʻlari, bogʻlar va dam olish zonalarida tovushni kuchaytiruvchi va tovush chiqaruvchi qurilmalar joylashtirilganda tovushning ekvivalent darajasi LAekv, dBA, tovushni maksimal darajasi LA maks., dBA, 2-jadvalda koʻrsatilganidan yuqori boʻlmasligi kerak.
2-jadval
Obyekt nomlari
Oʻlchash oʻtkazish joylari
Tovushning ruxsat etilgan darajasi, dBA
LA ekv (ekvivalentli)
LAmaks (maksimal)
1. Konsertlar vaqtida konsert va boshqa zallarda
Parterning birinchi 5 qatordagi tomoshabin oʻrindiqlari oldida
85
90
2. Diskoteka va tungi klub zallarida
Tovush manbasidan
2m masofada
85
90
3. Elektroakustik qurilmalar bilan musiqa chalinganda restoran, kafe, bar va boshqa umumiy ovqatlanish shaxobchalari zallarida
Tovush manbalariga yaqin boʻlgan stollar oldida
65
70
4. Istirohat bogʻlari, bogʻlar va dam olish zonalarida ochiq konsert va raqs maydonlarida
Tovush manbasidan
2m masofada
85
90
10. Tovush chiqaruvchi qurilmalar istirohat bogʻlari, bogʻlar va dam olish zonalarining ochiq konsert va raqs maydonlarida joylashtirilganda tovush chiqaruvchi qurilmalar kolonkalarini turar joy binolariga qarama-qarshi tomonga oʻrnatish, turar joylarda shovqin darajasini kamaytirish uchun shovqindan himoya qilish boʻyicha hisoblangan chora-tadbirlar majmui ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi, chunki aholi turar joylari tadbirlar oʻtkazilayotgan joyga yaqin joylashgan boʻlishi mumkin.
3-bob. Shovqin darajalarini tekshirishga va oʻlchov asboblariga boʻlgan umumiy talablar
11. Tovush bosimi oktava (dB) darajalari, tovushning ekvivalent (dBA) darajalari, tovushning maksimal (dBA) darajalari 23337-14-son “Turar joylarda, jamoat binolari va aholi yashash hududlarida shovqinni oʻlchash uslublari” davlatlararo standartga muvofiq oʻlchanadi.
12. Transport magistrallarida akustik rejimni tekshirish 20444-2014-son “Shovqin. Transport oqimlari. Shovqin tavsifini oʻlchash uslublari” davlatlararo standartga (ISO 1996-1:2003, NEO) muvofiq olib boriladi.
13. Aholi yashash hududlaridan uchib oʻtadigan samolyotlar shovqini 22283-14-son “Aviatsion shovqin. Aholi yashash hududlarida ruxsat etilgan shovqin darajalari va oʻlchash uslublari” davlatlararo standart boʻyicha oʻlchanadi va gigiyenik baholanadi.
14. Turar joy va jamoat joylarida hamda aholi yashash hududlarida shovqin darajasini oʻlchash amaldagi meʼyorlar boʻyicha ruxsat etilgan shovqin miqdorini aniqlash, shovqinni kamaytirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va ushbu tadbirlar samaradorligini baholash, yoʻl tarmoqlari shovqin kartasini tuzish maqsadida, shuningdek aholining murojaatlariga asosan oʻtkaziladi.
15. Shovqinni oʻlchash uchun 1 yoki 2 sinfdagi oktava filtrli shovqinni oʻlchash vositalaridan foydalaniladi, zaruriyat boʻlganda shovqin darajasi yozib boradigan asbob, magnitofon, shovqin darajasini statistik taqsimlaydigan analizator, ossillograf, shovqinning kalibrli etaloni (pistonfon) va boshqa asboblardan foydalanish mumkin. Shovqinni oʻlchashda quyidagilar asboblardan foydalanish tavsiya qilinadi:
“VShM-201” kichik hajmli shovqin oʻlchagich, “ShVIL-001” shovqinni logarifmlaydigan vibrointegrator, shovqin va tebranishni oʻlchaydigan Assistent TOTAL (SIU V3RT ) — NTM-Himoya; “VShV-003-M2” “VShV-003-M3” (Rossiya), har xil ishlab chiqaruvchi korxonalarning shovqin oʻlchagichlari “RFT” (Germaniya), “Bryul i Kyer” majmualari (Daniya) va boshqalar.
Barcha asboblar har yili “Oʻzstandart” agentligi tomonidan metrologik nazoratdan oʻtkazilishi kerak.
4-bob. Shovqinning salbiy taʼsir qilishini oldini olish boʻyicha tadbirlar
16. Aholini shovqindan himoya qilish injener-texnik va tashkiliy tadbirlar natijasida taʼminlanadi.
17. Injener-texnik chora-tadbirlar (tovushni izolatsiya qilish, binolarni akustik jihatdan oqilona loyihalashtirish, ventilatsiya va konditsionerlash tarmoqlarida shovqinni pasaytirishni joriy etish, xonalarga akustik ishlov berish) va nazariy hisobga koʻra, 2.01.08-96-son “Shovqindan himoya” QMKga muvofiq, obyektlarda shovqinni kamaytirish boʻyicha shovqinni himoyalovchi maxsus ekranlar oʻrnatish va daraxtzorlar tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladi.
18. Tashkiliy choralar sifatida kunduzgi vaqtda 80dBA dan yuqori darajada shovqin hosil qiladigan shovqinli transport vositalarni va reaktiv samolyotlarni harakatlanishini cheklash choralari koʻrilishi zarur.
19. Aholi yashash hududlarida radiofikatsiya maksimal darajada cheklanishi lozim, ayrim hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy organlari tomonidan turar joy binolaridan 2 metr masofa uzoqlikda, dam olish joylari chegaralari, uylari, sanatoriy hududlari va boshqa obyektlarda ruxsat etilgan shovqin darajasidan oshib ketmasligi sharti bilan ruxsat beriladi.
20. Konsert, toʻy, yubiley va boshqa tantanalarda tovush chiqaruvchi va tovushni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalaniladigan ansambllarni va boshqa guruhlarning musiqa asboblarini tovush darajalari ushbu tadbir oʻtkazilayotgan obyektlarda (restoran, kafe, tantana uylari yoki aholi yashash (mahallalar) hududlari) kunduzi va tungi vaqtlar uchun ruxsat etilgan darajalardan oshib ketishi mumkin emas.
21. Konsertlarda, toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda ovozni takrorlaydigan va ovozni kuchaytiradigan asboblardan foydalanadigan musiqa ansambllari va boshqa musiqa guruhlari musiqa asboblarining shovqin darajasi soat 23.00 dan soʻng ushbu tadbirlar boʻlib oʻtadigan obyektlar (restoran, kafe, tadbir uylari va boshqa ochiq hududlar zallari (mahallalar) uchun belgilangan meʼyorlardan oshib ketmasligi kerak.
22. Turar joylarda yakka tartibda yoki jamoat mehnat faoliyati amalga oshirilayotganda qoʻshni yashash xonalariga kirib boradigan shovqin darajasi kunduzi ham, kechasi ham bu xonalar uchun oktava tovush bosimi (dB) va tovush ekvivalenti (dBA) darajalaridan oshib ketmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.K. YuSUPALIYEV