1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqaruvi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI MUVOFIQLAShTIRIShNI YaXShILASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-maydagi 248-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishni yaxshilash va takomillashtirish, shuningdek xalqaro moliya hamda iqtisodiy tashkilotlar bilan oʻzaro aloqa va hamkorlikning samarali mexanizmini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi negizida Vazirlar Mahkamasining 17 kishidan iborat Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentining tuzilmasi va xodimlari soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatiga oid takliflarni ishlab chiqish;
respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, uyushmalari, korxonalarining tashqi savdoni rivojlantirish monitoringgi hamda respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy kapitalni jalb qilishning samarali tizimini shakllantirishga oid faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro moliya hamda iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga oid faoliyatni muvofiqlashtirish;
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek, imzolangan bitimlarning bajarilishini nazorat qilib borish;
xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlarning respublikadagi missiyalari faoliyatida yordamlashish, zarur iqtisodiy axborotni tayyorlash va ularga berish ishini muvofiqlashtirish;
respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ bazasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash.
3. Departamentga muayyan loyihalar va bitimlarni tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlari tashkil etish, ularda qatnashishga vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, tadbirkorlik tuzilmalarining mutaxassislarini, shuningdek, chet ellik ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
4. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, korxonalar Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga uning vakolatiga kiruvchi masalalarga doir zarur axborot oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlasinlar.
5. Bosh vazirning oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov bir hafta muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Departamentning shtat jadvali haqidagi taklifni va uning toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-iyuldagi 254-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti toʻgʻrisida”gi qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi apparatining qoʻshimcha xodimlari uchun xarajatlarga zarur mablagʻlar ajratsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-noyabrdagi 546-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 13-iyun,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-iyundagi 219-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti tuzilmasi va xodimlari soni
1.
Departament boshligʻi
1
2.
Departament boshligʻining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
1
3.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va tashqi savdoni rivojlantirish boʻlimi
5
4.
Xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻlimi