Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha xorijdan kelib tushgan soʻrovnomalarni ijro qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son “Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 1997-yil 23-sentabrda 21-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha xorijdan kelib tushgan soʻrovnomalarni ijro qilish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 373, 1997-yil 5-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining 2008-yil 28-apreldagi 10-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga taalluqli ijtimoiy-huquqiy hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha xorijdan kelib tushgan soʻrovnomalarni ijro qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 373-1, 2008-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 206-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.