1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MASHINA-TRAKTOR PARKLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA ULARNING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatishda ularning ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining faoliyat koʻrsatayotgan mashina-traktor parklari va qishloq xoʻjaligi texnikasiga ishlab chiqarish-texnik va servis xizmati koʻrsatish korxonalari negizida davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parklari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini quyidagi tartibda birlamchi joylashtirish nazarda tutilsin;
davlat ulushi
— ustav jamgʻarmasining 35 foizi;
jamoa ulushi
— ustav jamgʻarmasining 15 foizi;
qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida joylashtirish
— ustav jamgʻarmasining 30 foizi;
erkin sotish, shu jumladan, chet el investorlariga
— ustav jamgʻarmasining 20 foizi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
2. Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 1 va 1a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
3. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining namunaviy ustavini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
mashina-traktor parklarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga 1997-yilda respublika budjetidan 1314 mln. soʻm ajratish nazarda tutilgan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi 1997-yilda respublika budjetiga 685 mln. soʻm qarzni qaytarishdan ozod qilingan, koʻrsatib oʻtilgan summa oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Mashina-traktor parklari tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini pasaytirish maqsadida ular faoliyat koʻrsatish xususiyatiga, soliq solish shartlariga va budjetga toʻlovlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalari sirasiga kiritilsin.
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
qishloq xoʻjaligi korxonalaridan mashina va mexanizmlarni sotib olish tartibini;
xoʻjaliklardan qishloq xoʻjaligi texnikasini, ularni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish tartibini;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
mashina-traktor parklari tomonidan xorijiy texnikadan foydalangan holda bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan ishlar (xizmatlar) qiymatini, ulardan foydalanishning haqiqiy muddatlarini hisobga olgan holda, aniqlash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklariga ularning buyurtmanomalari boʻyicha servis xizmati koʻrsatish masalalari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga yuklansin. Buning uchun mashina-traktor parklari tarkibida ixtisoslashtirilgan boʻlimlar tashkil etilsin, ularni shakllantirishning ahvoli alohida nazorat ostiga olinsin.
Ushbu masala boʻyicha takliflar bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.12.00 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi xalqaro hamkorlik. Oʻsimliklar karantini. Veterinariya]
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Keys-Korporeyshn” korporatsiyasi bilan respublikada xorijiy qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha “OʻzKeysservis” qoʻshma korxonasi tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma tuzganligi, muassislar ulushlari belgilanganligi (51 foiz — “Keys-Korporeyshn” korporatsiyasi ulushi, 49 foiz — oʻzbekistonlik muassislar ulushi) va shu yil may oyida korxonani tashkil etish boʻyicha taʼsis yigʻilishi oʻtkazish moʻljallanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
7. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi buyurtmanomalari boʻyicha amaldagi normalar asosida mashina-traktor parklariga foydalanish ehtiyojlari va texnikaga texnik xizmat koʻrsatish uchun moylash materiallari yetkazib berilishini taʼminlasin.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzmashsanoat” va “Oʻzavtosanoat” uyushmalari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasiga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar ishlab chiqarishni tashkil etish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
9. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mashina-traktor parklari mexanizatorlari va muhandis-texnik xodimlari chet el texnikasini ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish qoidalari boʻyicha muntazam oʻqitilishini tashkil etsin va taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari mashina-traktor parklari shakllanishi va ular faoliyati tashkil etilishiga har tomonlama yordam koʻrsatsinlar hamda ularni qoʻllab-quvvatlasinlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari mashina-traktor parklari faoliyati uchun shaxsan javob berajaklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-dekabrdagi 432-son qarori 3-bandining tumanlarda qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish boʻyicha aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlarining uyushmalarini tashkil etishga tegishli qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.