1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“KAFOLAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK SUGʻURTA KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-sonli “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” Aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholining, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning sugʻurta xizmatlariga ehtiyojlarini yanada toʻla qondirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining, “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasining, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankining va Xalq bankining ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatidagi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Muassislar tomonidan boshlangʻich ustav fondi 500 mln soʻm miqdorida eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, shu jumladan:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Moliya vazirligi 50 mln soʻm;
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi 300 mln soʻm;
“Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi 50 mln soʻm;
“Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki 10 mln coʻm;
Xalq banki 10 mln soʻm;
aksiyalarni erkin sotish, shu jumladan, xorijiy investorlarga 80 mln soʻm.
2. Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi sugʻurtaning majburiy davlat turlarini oʻtkazishga vakil qilinsin.
Sugʻurtaning majburiy va ixtiyoriy turlari “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
4. Belgilansinki, “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining ijro etuvchi organi Bosh direktor boshchilik qiladigan Direksiya hisoblanadi, Bosh direktor Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
5. Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, uning ijro etuvchi apparati tuzilmasi va kompaniya xodimlari soni kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi bir oy muddatda taʼsis majlisini oʻtkazsin va oʻz faoliyati Ustavini belgilangan tartibda qabul qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
8. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining shahar boʻlinmalari egallab turgan xizmat binolari uning ustav fondiga ulushi sifatida “Kafolat” sugʻurta kompaniyasiga beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bir oy muddatda “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Direksiyasini aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)