Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvarda qabul qilingan PF-5635-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga doir
davlat dasturining 1 va 4-bandlarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda qabul qilingan 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 40-moddaning
birinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi”;
“Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi”.
2. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.