toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.11.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOShQARUV ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh VA MAʼMURIY-BOShQARUV XODIMLARI SONINI QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-yanvardagi 48-sonli qarori bilan qisman oʻzgartirish kiritilgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq xoʻjaligini boshqarish organlarini yanada qisqartirish va ularning tuzilmasini takomillashtirish, boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv organlari xodimlari tomonidan bajarilayotgan funksiyalarning takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik va ularga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xalq xoʻjaligini boshqarish organlari tuzilmasini takomillashtirish va ularning shtatdagi xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlovchi komissiyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
“Oʻztayyorlovsavdo” Oʻzbekiston respublika savdo-xarid uyushmasini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yogʻoch tayyorlash, qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarish va yogʻochni qayta ishlash bosh boshqarmasini tugatish toʻgʻrisidagi;
vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlarining oʻrinbosarlarini 1-ilovaga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va ularga qarashli tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlari sonini 2 — 4-ilovalarga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
3. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni bajarish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
1997-yil 1-yanvargacha shtat jadvalini maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan cheklangan soniga muvofiqlashtirsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda boshqaruv organlari apparatidan boʻshatiladigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yil budjetini tuzishda budjetdagi tashkilotlar boʻyicha maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini mablagʻ bilan taʼminlash xarajatlariga vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va ularga qarashli tashkilotlar boshqaruv apparati xodimlarining belgilangan cheklangan soniga qatʼiy muvofiq ravishda mablagʻ ajratsin.
5. Qishloq va suv xoʻjaligi (Q.Gʻ. Obidov), qurilish va kommunal xizmat koʻrsatish (R.R. Yunusov) majmuilarining rahbarlari oʻn kun muddatda “Oʻztayyorlovsavdo” Oʻzbekiston respublika savdo-xarid uyushmasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yogʻoch tayyorlash, qurilish konstruksiyalari ishlab chiqarish va yogʻochni qayta ishlash bosh boshqarmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyalarini tuzsinlar va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Nazorat inspeksiyasi, Moliya vazirligi 1997-yilning I choragi yakuniga koʻra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari tomonidan bajarilishini tekshirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
420-son