Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yongʻin muhofazasi davlat bosh inspektori tomonidan 1997-yil 1-iyulda 29-1-541-son bilan tasdiqlangan Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi
qoidalari (roʻyxat raqami 354, 1997-yil 8-iyul).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 8-maydagi 55-son “Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 354-1, 2013-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 318-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 5-avgustdagi 100-son “Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 354-2, 2013-yil 2-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 479-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 6-apreldagi 51-son “Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 354-3, 2015-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 192-modda).