Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Buxgalteriya hisobotini taqdim etish jarayonini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi
nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
41-bandning
birinchi xatboshidagi “100000 soʻmdan” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining oʻn besh baravaridan soʻzlari bilan almashtirilsin;
47-bandning
“b” kichik bandidagi “100000 soʻm” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining oʻn besh baravari miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
76-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxona (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechikmay, yil choragi hisobotini esa hisobot davri tugagandan soʻng 25 kundan kechiktirmay taqdim etadi”.
2. Mazkur qaror 1996-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.