1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. uyidagilarni nazarda tutuvchi Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma taqdim etish tartibi;
avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi;
avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishdagi ruxsat etuvchi talablar.
2. Vazirlar Mahkamasining rus tilida qabul qilingan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-fevraldagi 138-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-noyabr,
758-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son qaroriga 1-ILOVA
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani (keyingi oʻrinlarda — xabarnoma) taqdim etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — YHXBB) tomonidan avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
murojaat etuvchi — avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etgan tadbirkorlik subyekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa — mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs);
avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga oʻzgartirishlar kiritish;
avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) — avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi boʻyicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
avtomototransport vositasining (qismining) tarkibiy qismlari va uni jihozlash predmetlari — avtomototransport vositasining konstruksiyasiga oʻrnatiladigan va foydalaniladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar;
tadbirkorlik subyekti — mazkur Nizomda belgilangan tartibda YHXBBni xabardor etgan holda, avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
tashkilot standarti (Ts) — avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat;
foydalanishga oid hujjatlar — avtomototransport vositasidan foydalanishda qoʻllash uchun moʻljallangan hujjatlar.
3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun davlat reyestrida koʻrsatilgan, qayta jihozlashning mazkur turi davlat reyestrida mavjud boʻlmagan hollarda berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasini qayta jihozlash deb hisoblanadigan oʻzgarishlar roʻyxati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Bunda raqamlangan agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirilgandan keyin mazkur avtomototransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan raqamlangan agregatlarga qoʻyilgan markirovkaning oʻzgarishi yoki yoʻqolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan avtomototransport vositasidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishda ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:
qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;
tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar) mavjud boʻlishi;
yongʻin xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;
faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud boʻlgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat koʻrsatish;
davlat reyestrida koʻrsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.
3-bob. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish tartibi
8. Tadbirkorlik subyektlari avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi haqida 15 kun muddat ichida Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali YHXBBni mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXPning davlat xizmatlaridan foydalanishda, tadbirkorlik subyektida elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) boʻlishi shart.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida YHXBBni xabardor qilish uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnoma toʻldiriladi.
9. YHXBB xabarnomalarni hisobga oladi va avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlagan yoki tugatgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritadi.
10. Davlat reyestrida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
tadbirkorlik subyektining toʻliq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli;
faoliyatini boshlagan sanasi va Reyestr raqami;
tadbirkorlik subyekti faoliyatining ixtisoslashuvi;
pochta manzili, telefoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
faoliyat boʻyicha masʼul shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
masʼul shaxsning maʼlumoti (diplom raqami, sanasi va mutaxassisligi).
11. YHXBB avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari va YHXBB oʻrtasida ERIni qoʻllagan holda, maxsus yaratilgan tizim orqali idoralararo xabardor qilinadi.
12. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi xabarnomada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Xabarnoma va unga ilova etiladigan hujjatlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar YHXBB tomonidan uning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarida joylashtiriladi.
14. YHXBBni avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyat boshlanganlik yoki tugatilganlik haqida xabardor qilishda tadbirkorlik subyekti mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga amal qilishi lozim.
15. Tadbirkorlik subyekti xabarnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan soʻng oʻzining ERIsi bilan tasdiqlaydi.
16. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlati xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
17. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
28,125 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
18. Xabarnomada toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bunday holatda tadbirkorlik subyektining tegishli bosqichda xabarnomani toʻgʻirlab yoki toʻldirib, qayta yuborish imkoniyati mavjud boʻladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
19. Tadbirkorlik subyekti davlat xizmatlaridan foydalanishdan oʻzi haqidagi maʼlumotlar YHXBB tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgunga qadar bosh tortish huquqiga ega. Tadbirkorlik subyekti davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning xabarnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
20. Tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) tomonidan barcha hujjatlar toʻgʻri va toʻliq toʻldirilgan holda Davlat xizmatlari markazi, “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YHXBBga elektron shaklda yuboriladi.
21. Tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning habarnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻgʻri va toʻliq toʻldirilib, tadbirkorlik subyekti (uning ishonchli vakili) tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar bir soat mobaynida YHXBBga elektron shaklda yuboriladi.
YHXBB masʼul xodimi xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida:
kelib tushgan xabarnoma va unga ilova etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti bilan birgalikda maʼlumotlar toʻliq boʻlishini;
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan berilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi hamda ishonchliligini sinovdan oʻtkazish boʻyicha laboratoriyaning texnik jihatdan malakali ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasini olish boʻyicha soʻrovnomani yuborib, javobi olinishini;
tadbirkorlik subyektining avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganligi yoki tugatganligi boʻyicha maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishini;
maʼlumotlarning davlat reyestrida qayd etilishini taʼminlaydi.
Bunda mazkur davlat tashkilotlari vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
22. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlagan yoki tugatgan tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestri YHXBBning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi.
Davlat reyestridagi maʼlumotlar barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.
23. Tadbirkorlik subyektining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek, ixtisoslashuvi va joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yigirma ish kuni mobaynida tegishli maʼlumotlarni davlat reyestriga oʻzgartirishlar kiritish uchun belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali YHXBBga taqdim etishi lozim. Bunda tadbirkorlik subyektidan yigʻim summasi undirilmaydi.
4-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
24. Ruxsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
25. Tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma YHXBBga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etiladigan arizasiga asosan beriladi:
egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi — jismoniy shaxslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga toʻlmaganlar uchun — tugʻilganlik haqida guvohnoma, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism va harbiy muassasa qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qoʻyilgan milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasini uning egasiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat oʻtgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Avtomototransport vositalarining kuzov, kabina va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi (yoki shu rusumning yangi modifikatsiyasidagi) kuzov, kabina va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik subyekti uning egasi tomonidan tanlanishi mumkin, bu haqda arizada koʻrsatiladi.
26. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Ruxsatnoma olish uchun zarur maʼlumotlar YHXBB tomonidan uning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
28. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
29. Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, mazkur roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻygan holda murojaat etuvchiga darhol beriladi (yuboriladi).
30. YHXBB arizani mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
31. Murojaat etuvchining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash (arizada koʻrsatilgan hollarda), shuningdek, ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish YHXBB tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
32. Murojaat etuvchiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda:
mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda ruxsatnomani rasmiylashtiradi;
murojaat etuvchiga ruxsatnomaning nusxasini beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;
qayta jihozlash oʻtkazilgandan keyin qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruxsatnomani yuboradi.
(32-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
33. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq tayyorlangan tadbirkorlik subyektining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash natijalariga koʻra tayyorlangan YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqidagi xabarnoma yuboriladi (beriladi).
Murojaat etuvchi ruxsatnoma berishni rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin oʻn kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
35. Ruxsatnoma berishda rad etish uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
36. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
37. Mazkur Nizomning 34-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
38. Murojaat etuvchi ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Tegishli davlat reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyekti oʻzi tomonidan qayta jihozlangan avtomototransport vositasi egasiga qayta jihozlash amalga oshirilganligi haqida yozuv kiritilgan va tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanib, uning muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnomani beradi.
Mazkur maʼlumotnoma qayta jihozlangan avtomototransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun asos hisoblanadi, bunda ushbu tadbirkorlik subyekti faoliyati turi davlat reyestrida koʻrsatilgan boʻlsa.
40. Arizani koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun yigʻim undirilmaydi.
41. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
42. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlagani yoki tugatgani, shuningdek, oʻzi va tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda oʻzgarishlar boʻlganligi haqida tegishli tartibda YHXBBni xabardor qilmaslik qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligiga sabab boʻladi.
43. Davlat xizmatlari markazlari va YHXBB oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Nizom talablarining tegishli bandlari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
45. Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan oʻzgarishlar
ROʻYXATI
1. Avtomototransport vositasini bir turdan boshqa turga oʻzgartirish:
yengil turdan pikap turiga (kuzovini almashtirish sharti bilan);
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
yengil turdan yuk turiga (bortli, bortli-tentli);
yengil turdan maxsus turga;
yengil turdan refrejirator turiga;
mikroavtobus turdan yuk-furgon turiga;
mikroavtobus turidan yuk-bortli turga;
mikroavtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;
mikroavtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;
mikroavtobus turidan maxsus turga;
avtobus turidan yuk-furgon turiga;
avtobus turidan yuk-bortli turga;
avtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;
avtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;
avtobus turidan maxsus turga;
yuk-bortli turdan maxsus turga;
yuk-bortli turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;
yuk-bortli turdan yuk-furgon turiga;
yuk-bortli turdan yuk-bortli-tentli turga;
yuk-bortli turdan refrejirator turiga;
maxsus turdan yuk-bortli turga;
maxsus turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;
maxsus turdan yuk-furgon turiga;
maxsus turdan yuk-bortli-tentli turga;
maxsus turdan refrejirator turiga;
oʻzi agʻdaruvchi turdan maxsus turga;
oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-bortli turga;
oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;
oʻzi agʻdaruvchi turdan yuk-furgon turiga;
oʻzi agʻdaruvchi turdan refrejirator turiga;
oʻtirma tortuvchi turdan oʻzi agʻdaruvchi turga;
oʻtirma tortuvchi turdan yuk-bortli turga;
oʻtirma tortuvchi turdan yuk-bortli-tentli turga;
oʻtirma tortuvchi turdan maxsus turga;
oʻtirma tortuvchi turdan refrejirator turiga;
refrejirator turidan maxsus turga;
refrejirator turidan oʻzi agʻdaruvchi turga;
refrejirator turidan yuk-furgon turiga;
refrejirator turidan yuk-bortli-tentli turga;
refrejirator turidan yuk-bortli turga;
beton qorgich turidan yuk-bortli turga;
beton qorgich turidan yuk-bortli-tentli turiga;
beton qorgich turidan yuk-furgon turiga;
beton qorgich turidan oʻtirma tortuvchi turga;
beton qorgich turidan refrejirator turiga.
2. Avtomototransport vositasining kuzovi hamda detallarini oʻzgartirish:
avtotransport vositasining konstruksiyasini oʻzgartirishga olib kelmaydigan yoritish chiroqlarini oʻrnatish;
maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar oʻrnatish.
(2-bandning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini oʻrnatish.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida YHXBBni xabardor qilish
SXEMASI
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_________________
_________________
(sana)
(raqam)
Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida
XABARNOMA
I. Xabardor qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
Tadbirkorlik subyektining (toʻliq va qisqartirilgan) nomi:
2.
Tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakli:
3.
STIR:
4.
Tadbirkorlik subyekti faoliyatini amalga oshirish joyi (manzili):
5.
Pochta manzili (mavjud boʻlsa, elektron pochtasi):
6.
Telefon raqami:
7.
Tadbirkorlik subyekti (rahbari yoki ishonchli vakili)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (pasport raqami, seriyasi, JSh ShIR):
II. Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
Ixtisoslashuvi:
2.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatning nusxasi*:
3.
Namunalarning yoʻl harakati xavfsizligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan qa�ul-sinov dalolatnomasining nusxasi*:
4.
Avtotransport vositasining alohida modellari konstruksiyasining texnik loyihasi nusxasi**:
5.
Moddiy-texnik uskunalar haqida maʼlumot (toʻliq nomi, turi, seriyasi va soni):
6.
Faoliyat boʻyicha masʼul shaxsning F.I.O.:
7.
Masʼul shaxsning maʼlumoti (diplom raqami, sanasi va mutaxassisligi):
Xabardor qiluvchining
elektron raqamli imzosi
* hujjatlarning skaner qilingan elektron “PDF” shaklidagi nusxasi taqdim etiladi;
** faqat avtotransport vositalariga gaz ballon jihozlarini oʻrnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektidan soʻraladi.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻiga
_____________________________________dan (ariza beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
ariza beruvchining pochta manzili:____________ ________________________________________________________________________________ telefon raqami: __________________________
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
ARIZA
__________________________________________________________ ga ruxsat berishingizni soʻrayman ______________________________________________________________________________________ (qayta jihozlash turi, markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi va joylashgan manzili)
Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati: __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandi talablariga muvofiq)
_________________ (imzo)
__________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___ yil “___” _________
Izoh. Ariza jismoniy shaxs tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga RUXSATNOMA
Berildi _______________________________________________________________________________ (tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; tadbirkorlik subyekti-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)
______________________________________________ avtotransport vositasini qayta jihozlash uchun ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (transport vositasi markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi)
Alohida sharoit va talablari _____________________________________________________________ _____________________________________________________________________________________
Amal qilish muddati: 20____yil “____” ____________gacha
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi
_____________ (imzo)
__________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
Izoh. Mazkur ruxsatnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB blankasida toʻldiriladi, ruxsatnomaning koʻchirma nusxasi transport vositasi egasiga xabarnoma tariqasida avtomototransport vositasi qayta jihozlangandan soʻng uni qayta roʻyxatga olishni rasmiylashtirish uchun tegishliligi boʻyicha transport vositasi roʻyxatga olingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVga, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBga hamda viloyatlar IIBga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining rus tilida qabul qilingan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “Uzbekskomu agentstvu avtomobilnogo i rechnogo transporta” soʻzlari “Ministerstvu transporta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8-bandning beshinchi xatboshidagi “i poluchit svidetelstvo o sootvetstvii konstruksii avtotransportnogo sredstva i (ili) ego chasti trebovaniyam bezopasnosti dorojnogo dvijeniya” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Reglamentga 1-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Organizatsii, okazivayuщiye uslugi po ustanovke gazoballonnogo oborudovaniya na avtotransportnie sredstva, ego texnicheskomu obslujivaniyu i ispitaniyam, v tom chisle texnicheskomu osvidetelstvovaniyu ballonov, (daleye — organizatsii) doljni imet:
v shtate obuchenniy dlya vipolneniya sootvetstvuyuщix rabot rabochiy i injenerno-texnicheskiy personal;
utverjdenniy texnologicheskiy protsess provedeniya sootvetstvuyuщix rabot;
oformlennie v ustanovlennom poryadke razreshitelnie dokumenti:
a) texnicheskiye proyekti konstruksii na otdelnie modeli avtotransportnix sredstv, soglasovannie s GUBDD;
b) razresheniye Gosudarstvennogo komiteta promishlennoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan na pravo osuщestvleniya deyatelnosti po texnicheskomu osvidetelstvovaniyu ballonov;
v) svidetelstvo ob odobrenii na texnicheskuyu kompetentnost laboratorii po ispitaniyu sistem gazoballonnogo oborudovaniya na germetichnost i prochnost soyedineniya uzlov”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/758/1579-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)