1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.09.00.00 Reklama to‘g‘risidagi qonunchilik (shuningdek, 12.06.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ-776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1999-yil 6-yanvardagi 3 (2041)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
724-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 15-modda)