1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJTIMOIY AHAMIYATLI KASALLIKLAR ROʻYXATINI TASDIQLASH VA BUNDAY KASALLIKLARGA DUCHOR BOʻLGAN SHAXSLARGA IMTIYOZLAR BELGILASH TOʻGʻRISIDA
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi]
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlgan bemorlar uchun imtiyozlar 2-ilovaga muvofiq.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, muassasalar va tashkilotlar ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlgan shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar berilishini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
3. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarga duchor boʻlgan shaxslar uchun tibbiy yordam hajmi va turlarini bir oy muddatda belgilasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar madaniyat boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 20-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar
ROʻYXATI
1. Sil kasalligi.
2. Onkologiya kasalliklari, yangidan paydo boʻladigan xatarli oʻsimtalar.
3. Jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar.
4. SPID.
5. Moxov (lepra) kasalligi.
6. Ruhiy kasalliklar.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-son qaroriga 2-ILOVA
Ijtimoiy ahamiyatli kasalliklariga duchor boʻlgan bemorlar uchun
imtiyozlar
Sil kasalligining har qanday shakliga duchor boʻlgan bemorlar uchun.
Kasallik birinchi marta aniqlangan bemorlar uchun sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida mehnatga layoqatsizlik boʻyicha kasallik varaqasi berish kasallik aniqlangandan boshlab 10 oygacha sil kasalliklari muassasalarida hisobda turgan bemorlar uchun tekshirish va nogironlikni belgilash uchun keyinchalik ularni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK)ga yuborgan holda, 6 oygacha.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Belgilab qoʻyilsinki, sil kasalligi bilan kasallanish oqibatida ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarning ish joylari va oʻrtacha oylik ish haqlari toʻliq saqlanadi.
Bemorlarga (berilgan yoʻllanma boʻyicha) davolanish joylarigacha avtotransportda bepul borish va kelishga yoxud mahalliy budjet hisobidan poyezdda yilda bir marta borib kelishga ruxsat etish.
Yotoqxonalarda yoki oilasi katta boʻlgan bolali uylarda yashovchi bemorlar uchun navbatdan tashqari turar joylar berish.
Sil kasalliklarga qarshi dispanserlarning belgilashiga koʻra sil kasalligiga chalingan bemor bor boʻlgan oilalarning sogʻlom bolalarini bolalar yaslilariga, bogʻchalariga, maktab-internatlarga navbatdan tashqari joylash.