1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOLALARNING MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA BOʻLISHLARI UCHUN OTA-ONALARDAN OLINADIGAN HAQ MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
1. 1996-yil 1-yanvardan boshlab bolaning respublika davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bolalar yaslisi, bolalar bogʻchasi yoki yasli-bogʻchada boʻlganligi uchun bir oyga toʻlanadigan haq miqdori ish tartibiga qarab Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining oʻrta hisobda 50 foizi miqdorida belgilansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
2. Oʻz tasarrufida bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga ota-onalarning haq toʻlashini respublika davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida qabul qilingan tartibda belgilash tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
Bunda korxonalar, tashkilotlar va muassasalar oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzlariga qarashli bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning boʻlishi uchun ota-onalardan haq undirish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar belgilashlari mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda bolalarning bolalar yaslilarida, bolalar bogʻchalarida va yasli-bogʻchalarda boʻlishlari uchun haq undirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlishlari uchun ota-onalardan olinadigan haq miqdorlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyuldagi 374-son qarori 1996-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S.Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-noyabr,
441-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 11-son, 45-modda)