1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq yoshlarni boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim bilan qamrab olish hamda ularni egallangan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi hujjatlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlarning davlat namunalari va tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar ilovasining davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallash boʻyicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim (keyingi oʻrinlarda — professional taʼlim) toʻgʻrisidagi diplomlar va ularning ilovalari, sertifikat blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar va ularning ilovalari, sertifikat blankalari (dublikat berish holatlari bundan mustasno) bitiruvchilarga, akademik maʼlumotnomalar esa — oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilarga bepul beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar, ularning ilovalari, sertifikat blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmasi boʻyicha muhofazalangan maxsus qogʻozlarda shartnoma asosida tayyorlab berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar hamda sertifikat blankalariga individual QR-kod qoʻyish tizimi hamda uning dasturiy taʼminoti ishlab chiqilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-noyabr,
734-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga 1-ILOVA
Boshlangʻich professional taʼlim diplomi
TAVSIFI
Boshlangʻich professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplom muqovasining tomonlari 125x180 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan koʻk rangli balakron matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida BOSHLANGʻICH PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 240x170 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda, matn qismi qora rangda va tasviriy elementlari esa koʻk rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi koʻk rangli boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSHLANGʻICH PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF PRIMARY PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari va PT lotin harfi va yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Imtiyozli diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSHLANGʻICH PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” va “DIPLOMA OF PRIMARY PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli balakron matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 % paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nur ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI soʻz birikmasi mavjud;
diplom blankasining ikki tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi.
Oʻrta professional taʼlim diplomi
TAVSIFI
Oʻrta professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplom muqovasining tomonlari 130x190 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan jigarrang bumvinil matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida OʻRTA PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 260x180 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda, matn qismi uchun qora rangda va tasviriy elementlar uchun jigarrang ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi jigarrang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARY PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari va PT lotin harfi va yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Imtiyozli diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARY PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli balakron matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 % paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlardan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI soʻz birikmasi mavjud;
diplom blankasining ikki tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi.
Oʻrta maxsus professional taʼlim diplomi
TAVSIFI
Oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomining muqovasi tomonlari 130x190 mm oʻlchamda yaxlit qoplangan havorang balakron matbaa materialidan tayyorlanadi.
Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida OʻRTA MAXSUS PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI soʻzlari yozilgan.
Diplom blankasining ichki qismi 260x180 mm oʻlchamda, maxsus milliy ornament naqshi tushirilgan suv belgili qogʻozda, matn qismi qora rangda va tasviriy elementlar uchun esa koʻk rangda ofset bosma usulida bosiladi.
Diplom blankasining sahifalari markazida 70 mm diametrli oʻlchamda boʻlgan oʻziga xos koʻrinishdagi och havorang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementidan iborat. Diplom blankasining asosiy fon qismi ingichka chiziqli ikki tangir setkadan iborat.
Diplom blankasining ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA MAXSUS PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF THE SECONDARY SPECIALIZED PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari va PT lotin harfi va yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Imtiyozli diplom blankasi uchun “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻRTA PROFESSIONAL TAʼLIM DIPLOMI” hamda “DIPLOMA OF SECONDARY SPECIALIZED PROFESSIONAL EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzlari pastiga qizil boʻyoqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “AʼLO DARAJALI” va ingliz tilida “WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi. Diplom blankasining muqovasi qizil rangli balakron matbaa materialidan tayyorlanadi.
Diplom blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 % paxta, qalinligi 120±5g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nuri ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud;
Bosma tasnifi:
ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori bosma usuli;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlardan foydalanish;
diplom blankasining chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan diplom sahifasining matn chiziqlarida va Davlat gerbining atrofida joylashtirilgan, takrorlanuvchi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI soʻz birikmasi mavjud;
diplom blankasining ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining diametri 40 mm boʻlgan koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga 2-ILOVA
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar ilovasining davlat namunasi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI REPUBLIC OF UZBEKISTAN
1. DIPLOM SONIBI NAQIDA MAʼLUMOTLAR / INFORMATION ABOUT TNE DIPLOMANOLDER
1.1. Familiyasi / Surname
1.2. Ismi, otasining ismi / Name, last name
1.3. Tugʻilgan sana / Date of birth
1.4. Avvalgi taʼlim haqida hujjat / Certificate of previous education
PT № 0000000
DIPLOMGA ILOVA /
DIPLOMA SUPPLEMENT
2. MALAKASI NAQIDA MAʼLUMOTLAR / QUALIFICATION
(diplomsiz ilova haqiqiy hisoblanmaydi / without diploma
the attachment is invalid)
2.1. Kasb (mutaxassislik)ning nomi / Name of the specialty profession
Davlat attestatsiya komissiyasining qarori / Decision of the State Attestation Commission
2.2. Taʼlim yoʻnalishi / Field of study
2.3. Kvalifikatsiyasi / Qualification
2.4. Diplom bergan professional taʼlim muassasasining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, taʼlim muassasasining turi / The name, organizational-legal form and type of the educational institution awarding the diploma
2.5.Taʼlim (imtihon) til (lar)i / Language (s) of education (examination)
3. TAʼLIM DARAJASI NAQIDA MAʼLUMOTLAR / INFORMATION ON TNE LEVEL OF EDUCATION
3.1. Taʼlim darajasi / Level of education
3.2. Taʼlimning davomiyligi / Length of education
3.3. Taʼlim shakli / Type of education
3.4. Taʼlim dasturining tavsifi / Curriculum description
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni egallash boʻyicha sertifikatning davlat namunasi va tavsifi
20___-yilda oʻquv kursini tamomladi va _________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ kvalifikatsiyasini egalladi.
in 20___-graduated the course and achieved the qualification in the field of ______________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________
v 20 godu okonchil(a) kurs obucheniya i prisvoil(a) kvalifikatsiyu _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________
Kvalifikatsiyani egallash boʻyicha sertifikat TAVSIFI
Sertifikat blankasi 297x210 mm oʻlchamda tayyorlanadi. Uning old tomonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va pastroqda lotin yozuvidagi oʻzbek tilida “KVALIFIKATSIYANI EGALLASN BOʻYICNA” soʻzlari qora rangda, uning ostidan koʻk rangda “SERTIFIKAT” soʻzi yozilgan.
Sertifikat blankasining orqa tomoni oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi uchta sahifadan iborat boʻlib, birinchi sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATI” soʻzlari, ikkinchi sahifasiga “CERTIFICATE OGʻ TNE REPUBLIC OGʻ UZBEKISTAN” soʻzlari hamda uchinchi sahifasiga “SERTIFIKAT RESPUBLIKI UZBEKISTAN” soʻzlari koʻk rangli va uning ostidan yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora rangli boʻyoqda bosiladi.
Sertifikat blankasining orqa tomoni sahifalari markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining 30 mm diametrli koʻrinmaydigan tasviri joylashgan va u ultrabinafsha nurlar ostida koʻrinadi, shuningdek, sertifikat blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod qoʻyiladi.
Sertifikat blankasining himoya darajalari quyidagicha:
Qogʻoz tasnifi:
qogʻoz — 100 foiz paxta, qalinligi 120±5 gr/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nur va milliy ornament naqshi koʻrinishidagi suv belgisi mavjud;
qogʻoz sirtida tartibsiz kiprik shaklidagi uzunligi 2,5 — 3 mm boʻlgan qizil va yashil rangli tolalar joylashgan hamda ultrabinafsha nur ostida koʻrinadigan sariq va koʻk rangli tolalar mavjud.
Bosma tasnifi:
yetti xonalik sondan iborat boʻlgan raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarda yashil rangda yorugʻlik sochadi;
bosma jarayonida kimyoviy barqaror matbaa boʻyoqlaridan foydalaniladi;
sertifikatning old tomonida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi atrofidagi aylana ichida uzluksiz mayda chiziqlardan tashkil topgan gilosh elementi mavjud;
sertifikatning orqa tomonida joylashgan “Roʻyxatga olish raiqami:”, “Registration №” va “Registratsionniy nomer” soʻzlaridan keyin chiziqlarda bir necha bor kattalashtirilgandagina koʻrinadigan kichik matndan iborat takrorlanuvchi “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” soʻz birikmasi mavjud. Bular nusxa tushirish va qalbakilashtirishga qarshi himoyadir.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-iyuldagi 408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 09/22/408/0683-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 734-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning “IV. Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar” boʻlimi 3-bandidagi “Oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida diplom” soʻzlari “Oʻrta maxsus taʼlim hamda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida diplom” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 19-iyuldagi 607-son qarorida:
a) 1-ilova (Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari va ularning tavsiflari)da:
“Diplom muqovasi ichki qismi qalin, tomonlari 145x200 mm oʻlchamda suv belgili qogʻozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi qora va toʻq havorang, tasviriy elementlar esa havorang rang va och havorangda bosiladi;
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm oʻlchovli oʻziga xos koʻrinishdagi havorang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och havorang mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda havorang hoshiya tushirilgan hamda hoshiya ustidan diplomning ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BAKALAVR DIPLOMI” hamda “REPUBLIS OF UZBEKISTAN BACNELOR'S DIPLOMA” soʻzlari bosiladi;
Diplomning ikkala sahifalari hoshiyasi tagidan V lotin harfi va sakkiz xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq havorangda bosiladi”;
“Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduzning oltin rangdagi tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 15x15 mm dan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Shuningdek, diplom blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi”;
“Diplom muqovasining ichki qismi qalin tomonlari 145x200 mm oʻlchamda suv belgili qogʻozda ofset bosma usulida besh xil: matn qismi qora va toʻq qizil rangda, tasviriy elementlar esa qaymoqrang va och qaymoqrangda bosiladi.
Sahifa markazining oq qismiga tomonlari 80x82 mm oʻlchamli oʻziga xos koʻrinishdagi qaymoqrang boʻyoqda tushirilgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri joylashtiriladi. Uning atrofi naqshli rastrdan tashkil topgan och qaymoqrang mayda milliy naqshlik fondan iborat. Sahifaning yuqori qismida fon ustidan 20 mm enlikda qaymoq rangdagi hoshiya tushirilgan hamda hoshiya ustidan diplomning ikkala sahifasiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAGISTR DIPLOMI” hamda “REPUBLIS OF UZBEKISTAN MASTER'S DIPLOMA” soʻzlari bosiladi.
Diplomning ikkala sahifalari hoshiyasi tagidan M lotin harfi va sakkiz xonalik sondan iborat boʻlgan raqam toʻq qizil rangda bosiladi.
Har bir sahifaning ikki tomonidan sakkiz qirrali yulduzning oltin rangdagi tasviri joylashtiriladi. Sakkiz qirrali yulduzlar tomonlari 15x15 mm dan iborat boʻlgan kvadratlar tushirilishi orqali tashkil etilgan. Shuningdek, diplom blankasining oʻng tomoni quyi qismida fonsiz 35x35 mm oʻlchamda QR-kod tizimi joylashtiriladi”;
“6) sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan sakkiz qirrali yulduzlarni maxsus tovlanuvchi oltin boʻyoqlarda tasvirlash;
7) sakkiz shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish”;
b) 3-ilova (Oliy taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi va tavsifi)ning “Akademik maʼlumotnoma tavsifi” boʻlimida:
“5) yetti shaklli oʻzgaradigan raqamdan foydalanish”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/734/1528-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2022-y., 09/22/408/0683-son; 01.05.2026-y., 09/26/216/0441-son)