1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Davlat rezervidagi mahsulot va tovarlarning hisob-kitob tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 17-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 319-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralar Bosh boshqarmasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1997-yil 10-martda 116, 11-02-15/55 va 38-son bilan tasdiqlangan Davlat rezervidagi mahsulot va tovarlarning hisob-kitob tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyhat raqami 319, 1997-yil 2-aprel) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi M. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
4-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
49-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-noyabr,
23/1-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2020-y., 10/20/319-1/1520-son)